Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Germaniyaning Tyuringiya federal yeri Iqtisodiyot, ilm-fan, raqamli texnologiyalar vaziri Volfgang Tifenzeye bilan uchrashdi.
Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi, bandlik, kasb-hunarga o‘rgatish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Erfurt kasbiy ta’lim markazi o‘rtasida kelishuv imzolandi.
O‘zbekistonlik kasb-hunar o‘rganuvchilar 4 ta yo‘nalish (asbobsoz chilangar, texnik-mexatronika, bino va inshootlar texnik holati sozlovchisi, tiklanadigan energiya uskunalarini sozlovchi texnik) bo‘yicha Yevropa standartlari asosida o‘qitiladi. “Ishga marhamat” monomarkazlarida nemis tilini o‘qitish kurslari tashkil etiladi.
Izoh (0)