• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda majburiy mehnatga jalb qilinib, YTHda o‘lgan ayol voqeasi: masʼullar xodimlarini kechasi ishga chaqirganini tan olmayapti

    Marhamat tumanida hokim topshirig‘iga ko‘ra, ishdan tashqari vaqt — kechasi 21:00 dan keyin ishga chaqirilgan obodonlashtirish xodimi yo‘lda YTHga uchrab, vafot etgani xabar qilingandi. “Daryo” manbasi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari 25-aprel kuni kechki payt soat 21:00 dan keyin shoir Muhammad Yusuf qabrini obodonlashtirish uchun majburiy mehnatga jalb qilinganini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlariga aniqlik kiritish maqsadida jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Marhuma Arofatxon Jaloliddinovaning turmush o‘rtog‘i Iminjon Mamajonovning aytishicha, o‘sha kuni kechki payt brigada boshlig‘i xotiniga telefon qilib, tungi 02:00 da ishga chiqishlari kerakligini aytgan. Keyin yana telefon qilib, kechki payt 21:00 larda mashina yuborishini, ishga chiqishlari kerakligini aytgan.

    Voqea yuz bergan joy.
    Foto: “Daryo”

    “O‘sha kuni ishdan ertaroq kelib, biroz mol boqib, kirini ham yuvdi. Keyin biroz dam oldi. Keyin ishxonasidan telefon qilishdi. Shunda ularga soat tungi 02:00 da boramiz, deyishdi. Qo‘ng‘iroq qilganlar sherigingni aytgin, kelib sen bilan uyingda yotsin, degan. Shundan keyin soat 19:00 larda xotinimning hamkasb sherigi biznikiga keldi. Uxlashayotganida yana qo‘ng‘iroq qilib, tezda yetib kelinglar, mashina boryapti, debdi. Tezda ko‘cha boshiga chiqib turinglar, deyishgani uchun shoshilib chiqib ketishdi. Orqasidan qaynsinglisi chiqqanida hech qancha o‘tmasdan yomon xabar keldi. Aytishlaricha, do‘konning oldiga borib, mashina bordi, deyishganida yo‘lning narigi tomoniga o‘tayotganida Matiz yoki Spark kelib urgan”, — deydi marhumaning turmush o‘rtog‘i.

    Iminjon Mamajonov.
    Foto: “Daryo”

    Iminjon Mamajonovning taʼkidlashicha, xotinini ishdan tashqari vaqtlarda, ayniqsa, kechki paytlarda ishga chaqirib turish holatlari ko‘p bo‘lgan. 

    Jabrlanuvchi Enaxon Butaqulovaning turmush o‘rtog‘i Hokim Jo‘rayevning aytishicha, ayoli uydan Muhammad Yusuf tug‘ilgani kuni munosabati bilan gul ekishga borishini aytib, chiqib ketgan.

    Hokim Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo”

    “Kechki payt soat 17:00 larda ishdan keldi. Kelib uydagi mayda-chuyda ishlarni qildi. Keyin kun kech bo‘ldi. Bir payt ketaman dedi. Nimaga desam, Arofat o‘rtog‘im qo‘ng‘iroq qildi, ertaga Muhammad Yusufning tug‘ilgan kuni ekan, gul ekishga borar ekanmiz, shunga erta tongdan chiqib ketadigan bo‘ldik, dedi. Mayli, deb ruxsat berdim. Keyin menga kechqurun ishga ketayotganda mashina urib yuborgani haqida xabar keldi. Eshitiboq jiyanim bilan birga kasalxonaga bordik.

    Bir narsani tushunmayapman, bular kechasi o‘zidan o‘zi gul ekishga chiqib ketmaydi-ku. Kimdir ishga chaqirgani uchun borgan. Vaholanki, oldin ham ancha-muncha kech qolish holatlari bo‘lar edi. Ishinglar davlat ishi bo‘lsa, nega grafik asosida ishlamaysizlar, desam, rahbarimiz shunaqa ekan-da, derdi. Hattoki yakshanba kuni ham chaqirishsa, borib ishlashardi. Bo‘lmasa shu ishlarni dushanba kuni qilishsa ham bo‘lardi. Yo‘q, ularga ish vaqti bo‘lmagan”, — deydi Hokimjon Jo‘rayev.

    Obodonlashtirish boshqarmasi shahar brigadasi boshlig‘i Manzuraxon Ismoilovaning aytishicha, ayollarni boshqarmaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i ulardan nasiya olingan mahsulotlarning pullarini olish uchun chaqirgan bo‘lgan. Voqea shunda yuz bergan. Ayollar o‘sha kuni ishga jalb qilinmagan.

    “Ishchilarimizni biz kechki paytda ishga jalb qilganimiz yo‘q. Shaxsan men kecha soat 16:00 larda ishdan qaytib, nabiramning mazasi yo‘qligi uchun uyga ketgandim. Ertalab kelsam shu voqea bo‘lganini aytishdi. Eshitganimga qaraganda, kadrimiz Maktubaxonning ular bilan ozgina aloqasi bor ekan, shuni olib chiqib bering, deganida olib chiqayotgan joyi ekan. Menga kadrimiz mana shunday dedi. Men ularning brigadiriman, ularni ishga jalb qilmaganman. Surishtirsam boshqalar ham jalb qilmagan. Bu gaplar qayerdan chiqdi, kim biladi, bilmaymiz. Lekin mana shu hududlar, shahar bizga qaraydi. Qizlarga bo‘lib-bo‘lib berganmiz”, — deydi Manzuraxon Ismoilova.

    Manzuraxon Ismoilova.
    Foto: “Daryo”

    Suhbat davomida Manzuraxon Ismoilovadan Maktubaxon va jabrlanuvchi ayollarning telefon raqamlarini so‘raganimizda telefonida ko‘rib, yozib olishimiz mumkinligini aytdi. Shunda qo‘ng‘iroqlar tarixida 18:00 dan 18:25 oralig‘ida YTHda jabrlangan va vafot etgan ayolga qo‘ng‘iroq qilingani, ammo dastlab ayollar javob bermagani, biroq Arofatxon Jaloliddinova qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng u bilan 2 daqiqa-yu 23 soniya suhbatlashganini ko‘rish mumkin.

    Tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam bo‘limi vrach-travmatologi Bobur Imomovning aytishicha, Enaxon Bo‘taqulova shifoxonaga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Zudlik bilan operatsiya stoliga yotqizilib, uch soatdan oshiq operatsiya qilingan.

    Bobur Imomov.
    Foto: “Daryo”

    “Bizga o‘sha kuni To‘lg‘a mahalla fuqarolar yig‘inidan avtohalokat natijasida tan jarohati olgan ikki nafar fuqaro olib kelingan. Bittasi biologik o‘lik holda keldi. Ikkinchisi o‘ta og‘ir tan jarohati bilan olib kelindi. Shu bemorni ko‘rganimizda ikkala oyoqda sinish, qorin bo‘shlig‘i aʼzolari lat yegani, qon bosimi esa nol ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng zudlik bilan bemor jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, barcha reanimatsion chora-tadbirlar amalga oshirilib, jarrohlik stoliga olindi. Uch soat operatsiya qilinib, singan suyaklar gips qilindi. Bemor hozir yaxshi, o‘zgarish bor. Hushiga kelgan, ancha tuzuk”, — deydi vrach travmatolog Bobur Imomov.

    “Daryo” muxbiri Marhamat tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Qo‘chqorov, boshqarmaning obodonlashtirish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Hamidjon Haydarovlar bilan ham telefon orqali bog‘landi. Ularning ikkisi ham olisda ekanini, savollarga telefon orqali javob berishlarini bildirishgan.

    Adhamjon Qo‘chqorovning aytishicha, qabristonda gul ekish ishlari 25 kun avval olib borilgan. Qolgan tozalov ishlari qabriston qorovullari tomonidan amalga oshirib kelingan.

    “O‘n besh kundan beri Muhammad Yusufning tavalludiga tayyorgarlik ko‘rib kelyapmiz. Ish vaqtimiz ertalab soat 08:00 dan kechki soat 17:00 gacha. Boshqa payt birorta insonni ishga jalb qilmaymiz. 25 kun oldin Muhammad Yusufning qabristonini tayyorlab bo‘lganmiz. Qabristonga borsangiz, ko‘rasiz. Odatda hamma ketib bo‘lgandan keyin atrofdagi qabriston qorovullari choyini ichib bo‘lib, supurgini olib, supurib tayyorgarlik ko‘rishadi. Kimdir chiqindi teradi, yana biri muzqaymoq qog‘ozini. O‘sha kuni men hech kimni chaqirmaganman, hech kim ularni chaqirmagan. Bilmadim, nega ishga kelishmoqchi bo‘lishgan. Kim chaqirganini esa men bilmayman”, — deydi Adhamjon Qo‘chqorov.

    Foto: “Daryo”

    Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev ham hech kimga kechasi ishga chiqish bo‘yicha topshiriq bermaganini aytmoqda.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    27.04.2023, 19:25   Izoh (0)   13017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda tanishini Dubayga ikki mln so‘mga sotib yuborayotgan ayol ushlandi (video)

    27.04.2023, 18:45

    Qarshida o‘qituvchilardan pora talab qilgani aytilgan direktor lavozimiga qayta tiklandi

    27.04.2023, 18:25

    Buxoroda o‘z uyida, dala shiyponida fohishaxonalar tashkil qilganlar qo‘lga olindi

    27.04.2023, 18:05

    O‘zLiDePning navbatdagi event-tadbiri Qashqadaryo viloyatida tashkil qilindi

    27.04.2023, 18:00

    Toshkent viloyatida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi (video)

    27.04.2023, 17:59

    O‘zbekistonda bezgak eliminatsiyasi bilan bog‘liq vaziyat nazoratda ekani ma’lum qilindi

    27.04.2023, 17:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.