Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda viloyat FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 7-fevral kuni soat 07:30 larda yuz bergan. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgazta’minoti” xodimlari yetib borgan.
Izoh (0)