Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan zapravkalarning birida Nexiaʼda yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat 24-aprel kuni soat 19:13 da Payariq tumani “Yangi hayotʼʼ MFYda joylashgan “Jahongir Pristijʼʼ MCHJga qarashli ASGQSHning chiqish eshigi oldida sodir bo‘lgan. 1948-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan, 2003-yilda ishlab chiqarilgan Nexiaʼning motor qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:15 da yetib borib, yong‘in soat 19:18 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh (0)