Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, 18-aprel kuni soat 15:14 da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududdidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida harakatlanib ketayotgan, fuqaro I.B. boshqaruvida bo‘lgan Shacman rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani haqida viloyat FVBga xabar berilgan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:28 da yetib borib, yong‘in soat 15:46 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh (0)