Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi maktabda o‘qituvchilar kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi. “Daryo” holat yuzasidan ma’lumot olish uchun mas’ullar bilan bog‘landi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning qayd etishicha, organ tomonidan maktab o‘qituvchilari ommaviy do‘pposlangani bilan bog‘liq videoyozuvdagi holat o‘rganilmoqda. Natijalari haqida batafsil ma’lumot berilishi ta’minlanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, vazirlikning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev holat yuzasidan Uzun tumanida bo‘lib turibdi. Holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)