Daryo

Rasman: Indoneziyadan tortib olingan U-20 Jahon chempionati mezbonligi Argentinaga berildi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirok etadigan musobaqaga bir necha kundan keyin qur’a tashlanadi

1 daqiqa o‘qish19 678 ko‘rishlar1 izoh0

Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga Argentina mezbonlik qiladi. Bu haqda FIFA rasman ma’lum qildi.

Foto: FIFA

Musobaqaning sanasi avvalroq aytilganidek, o‘zgartirilmaydi: turnir joriy yilning 20-mayidan 11-iyuniga qadar o‘tkaziladi. Qur’a tashlash marosimi 21-aprel kuni Syurixda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqa Indoneziyada o‘tishi belgilangandi. Biroq FIFA mart oyi so‘ngida mamlakatni mezbonlik huquqidan mahrum qildi. Indoneziyaning ayrim shaharlari o‘z hududiga Isroil terma jamoasini kiritmasligini aytganidan keyin, FIFA avvaliga qur’a marosimini bekor qilgan, keyinroq Indoneziyadan mezbonlikni tortib olgandi.

Musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etadi. Osiyo Kubogidagi g‘oliblik orqali yo‘llanmaga ega bo‘lgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi uchinchi savatchadan joy oladi.

Qur’a oldidan savatchalar quyidagi ko‘rinishni oladi:

  • Birinchi savatcha: Argentina (mezbon), Urugvay, AQSH, Fransiya, Senegal, Italiya;
  • Ikkinchi savatcha: Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;
  • Uchinchi savatcha: Nigeriya, Yaponiya, O‘zbekiston, Iroq, Gonduras, Fiji;
  • To‘rtinchi savatcha: Gvatemala, Dominikan, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar