• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “PSJ” ustozi irqchilikda ayblanmoqda. Galte “Nitssa”da ishlagan vaqtida jamoada qora tanli va musulmon futbolchilar ko‘pligidan noligan

    “PSJ” bosh murabbiyi Kristof Galte katta muammolarga o‘ralashib qoldi. Fransiyalik mutaxassis irqchilikda ayblanmoqda. Hammasiga u “Nitssa”da (2021–2022-yillar) ishlagan vaqtda yozilgan elektron xat sabab bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Galte Ramazon ro‘zasini tutgan futbolchilariga jahl qilgan

    2022-yilning sentabr oyida Galte allaqachon “PSJ” murabbiyi sifatida ishlayotgandi. “Nitssa” sport direktori Julyen Furne esa g‘alati bayonot berdi.

    Agar Galte bilan janjalning haqiqiy sababini aytsam, unga Yevropa klublaridagi kiyim almashtirish xonalarining birortasida joy bo‘lmaydi. Bu futboldan ham ko‘ra jiddiyroq narsa.

    Galte esa “Uning xarakterini bilganim uchun bayonot uslubidan hayratga tushmadim”, deya uning gaplariga munosabat bildirishni istamagan.

    Endilikda detallar ochiqlandi: Furne o‘z shikoyatini elektron xatga yozgan va Ineos (“Nitssa” egalari) kompaniyasiga yuborgan. Xatning matni RMC Sport jurnalisti Daniel Rioloning pochtasiga kelib qoldi. U bir hafta davomida xatning haqiqiyligini tekshirdi va e’lon qilishga qaror qildi. Ma’lumot uchun, xat Kristof Galte emas, balki “Nitssa” sport direktori Julyen Furne tomonidan yuborilgan.

    Xatning eng e’tiborga molik qismi — Furnening Galtening o‘g‘li bilan uchrashuvi:

    “U menga otasining yomon holatda ekanini quyidagi so‘zlar bilan izohladi: ‘Julyen, holat yaxshi emas, otam kecha yig‘ladi, sen tushunmayapsan’. Undan nima bo‘layotganini so‘radim. U esa bu jamoa otasiga to‘g‘ri kelmasligini, bunday davom etishi mumkin emasligini aytdi. Yaxshiroq tushunishim uchun undan aniqlik kiritishini so‘radim. U esa menga ‘sen axlat jamoani tuzgansan’, dedi. Men yana aniqroq gapirishini so‘radim. ‘Klubda faqat qora tanlilar, jamoangni yarmi esa juma kuni kunduzi machitda...’, deb javob berdi. Men Jon Valovich-Galtega so‘zlaridan g‘azablanganimni va kabinetimni tezda tark etishini aytdim’.

    Murabbiyning o‘zi bilan bo‘lgan dialog haqida.

    “Kristofdan o‘g‘lining gaplari rostmi deya so‘radim. U ha, deb javob berdi. Menga ‘shahar haqiqatlari’ni hisobga olishim kerakligi, jamoada haqiqatan ham bunchalik ko‘p qora tanli va musulmon futbolchilar bo‘lishi kerakmasligini aytdi.

    Galte menga shunday dedi: ‘Kecha kechqurun restoranga borgandim. Hamma menga jamoada qora tanlilar ko‘payib ketganini aytib, tashlandi. Julyen sen qaysi shaharda ekanimizni tushunishing kerak. Bu Jak Medesenning (Nitssa shahrining sobiq meri) shahri. Bizning jamoa odamlar xohishiga mos kelmaydi, shuningdek, mening xohishimga ham’.

    O‘rtamizda sport masalalari borasida tortishuv bo‘lmagan. Faqat futbolchilarning dini yoki terisining rangi bo‘yicha tortishuvlar bo‘lgan”, — deb yozgan Furne “Nitssa” rahbariyatiga.

    Galte Ramazon borasida ham shikoyat qilgan. Hatto 23 yoshli yarim himoyachi Bilol Braimini tarkibdan chetlashtirgan. U ro‘za tutgani uchun “Renn”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Murabbiy ochlik futbolchilarning sport formasiga yomon ta’sir qiladi, deb hisoblagan. Get French Football News ma’lumotlariga ko‘ra, Galte o‘yinchilarning fitnes-ma’lumotlarini guruhlarga ajratgan, biroq Ramazonda futbolchilarning natijalari yomonlashmagani ma’lum bo‘lgan.

    Foto: Twitter

    Shunga qaramay Galte “Nitssa” futbolchilaridan Ramazon oyi ro‘zasini tutmaslikni so‘ragan. Jamoadagi musulmon o‘yinchilar bunga har xil munosabat bildirgan. Masalan, jazoirlik yarim himoyachi Xisham Budavi rozi bo‘lgan, Jan-Kler Todiboning esa jahli chiqqan va hatto mashg‘ulot konusini ham uloqtirgan.

    Furne xat feyk ekanini aytmadi. Galte aybni bo‘yniga olmayapti va haqorat, tuhmat uchun sudga berishga tayyorlanmoqda

    Julyen Furne xabar tarqatilgan vaqtda g‘azablandi, biroq xat haqida hech narsa demadi.

    “Hozirgi vaqtda men Braziliyada, o‘zim aralashib qolgan bahs-munozaralardan ancha uzoqdaman. Klubni tark etganim uchun, bir yil avvalgi ichki ma’lumotlarning tarqalishi bo‘yicha hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olmayman, — dedi Furne.

    Galtening advokati Olivye Martenning so‘zlariga ko‘ra mutaxassis “qat’iyatli so‘zlar bilan” ayblovlarni rad etgan. RMC Sport xabar berishicha, Kristof “haqoratli va tuhmatli so‘zlar uchun” sudga murojaat qilishga ham tayyor. “PSJ” bundan xabardor qilingan.

    “Lill”dagi faoliyati davomida Galte bilan birga ishlagan hujumchi Burak Yilmaz sobiq murabbiyini himoya qilmoqda: “Men Galte bilan ishlaganman va hech qachon dinimga yoki millatimga qilingan yomon muomalasini ko‘rmaganman. U yaxshi murabbiy. Shuningdek, ajoyib inson”.

    Murabbiyga o‘lim bilan tahdid qilindi. “PSJ” Galtega qo‘riqchi berdi va hozircha uni ayblashga shoshilmayapti

    Foto: Getty Images

    Galte oxirgi sutkalarda minglab qo‘ng‘iroq va xabarlar olgan. Ularning ba’zilarida murabbiyga o‘lim bilan tahdid qilingan. “PSJ” murabbiy va uning oilasini himoya bilan ta’minladi, deb xabar qilmoqda RMC Sport.

    “PSJ” ichki surishtiruvni boshladi. Klub xulosa chiqarishga yoki vahima qilishga shoshilmayapti. Chunki ular bir-birini rad etuvchi versiyalar bo‘lishini tushunadi.

    Parijliklar murabbiyga asossiz ayblovlarni qo‘ymoqchi emas. Shuningdek, Galte ishga qabul qilingan vaqtda Nossir al-Helayfi bu kabi ehtimoliy bayonotlardan xabardor bo‘lmagan. Aks holda Galte hech qachon jamoa murabbiyi etib tayinlanmagan bo‘lardi.

    Agar Galtening so‘zlari haqidagi ma’lumot tasdiqlansa, “PSJ” katta ehtimol bilan uni iste’foga chiqaradi. Parij klubi murabbiyga juma kuni rejalashtirilgan matbuot anjumanigacha voqea bo‘yicha o‘z versiyasini aytib berishiga imkon bermoqchi.

    14.04.2023, 17:14   Izoh (0)   4302
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasi o‘tkaziladi

    14.04.2023, 16:47

    “Bavariya” Sadio Maneni katta miqdorda jarimaga tortdi. Leroy Sane klubdan jamoadoshiga keskin jazo bermaslikni so‘ragan

    14.04.2023, 14:13

    Murodjon Ahmadaliyev jamoasi Tapalesga qarshi jang natijasidan norozi va revansh talab qiladi

    14.04.2023, 11:08

    Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” so‘nggi daqiqalardagi avtogollar tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi. “Yuventus”da g‘alaba, “Roma” yengildi (video)

    14.04.2023, 03:52

    Rasman: “An-Nassr” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

    13.04.2023, 20:44

    IBA’ga qarshi kurash davom etadi. AQSH va Buyuk Britaniya alohida boks tashkiloti tashkil qilmoqchi

    13.04.2023, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

    Madaniyat | 19 iyul, 09:31

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.