O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Jaloliddin Masharipov harakat qiladigan “An-Nassr” klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya iste’foga chiqarildi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilgan.
Fransiyalik mutaxassis Ar-Riyod klubi boshqaruviga 2022-yilning 29-iyunida kelgandi. Jamoa 23 turdan keyin 53 ochko to‘plagan holda, Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Al-Ittihod”dan 3 ochko ortda.
Garsiyaning o‘rnini vaqtinchalik xorvatiyalik mutaxassis Dinko Yelichich egallaydi. Yelichich bunga qadar “An-Nassr” U-19 jamoasiga ustozlik qilayotgandi.
Avvalroq Krishtianu Ronaldu jamoa murabbiyi va “An-Nassr”ning o‘yin uslubidan norozi ekani xabar qilingandi.
“An-Nassr”ning keyingi raqibi liga jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan “Al-Hilol” bo‘ladi.
Izoh (0)