Bugun, 11-aprel kuni bitkoin 2022-yilning 10-iyunidan beri birinchi marta 30 ming dollardan oshdi. Bu haqda “Daryo”ga CoinDesk portalidan ma’lum bo‘ldi.
Toshkent vaqti bilan 07:21 ga kelib dunyodagi eng yirik kriptovalyuta 30 381 dollargacha baholandi. Kriptovalyuta bir kunda taxminan 7 foizga, bir hafta ichida 9 foizga qimmatlashgan.
Bitbank tahlilchisi Yuya Xasegava mart oyi uchun AQSH iste’mol narxlari indeksining e’lon qilinishi bitkoinning o‘sishi uchun katalizator bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Inflyatsiya ma’lumotlari ertaga 12-aprel kuni e’lon qilinadi.
Toshkent vaqti bilan soat 11:00 ga kelib bitkoin narxi 29 937 dollar bo‘lib turibdi.
Bitkoin narxi o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichidan 50 foizdan ko‘proq pastligicha qolmoqda — 2021-yilning noyabrida kriptovalyuta 69 000 dollardan ko‘proqqa baholangan edi. Shunday bo‘lsa ham yil boshidan beri bitkoin 80 foizdan ko‘proq qimmatlashgan.
Bir oy oldin, 10-mart kuni bitkoin narxi 20 000 dollardan pastga tushib, 13-yanvardan beri eng past darajaga tushgandi.
Kriptovalyutalar, jumladan, bitkoinlar sotuvi AQSH fond bozorida pasayishni keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh (0)