• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda mayda pullar kamayib ketyapti. Buning sababi nimada?

    O‘zbekistonda mayda pullar miqdori kamayib ketmoqda. Bu haqda Markaziy bank sharhidan ma’lum bo’ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yilning birinchi choragida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln so‘mga kamayib, 40 trln so‘mni tashkil qilgan.  

    Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog‘ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaygan. 

    Skrin: Markaziy Bank

    Uch oy ichida muomalaga chiqarilgan deyarli barcha mayda pullar miqdori tushdi:

    • 1 000 so‘m— 0,9 foizdan 0,8 foizga;
    • 5 000 so‘m— 6,5 foizdan 5,9 foizga;
    • 10 000 so‘m — 9,4 foizdan 8,1 foizga.

    Bu davrda faqatgina 2 000 so‘mlik banknotalar miqdori ko‘paydi — 0,3 foizdan 0,4 foizga. 

    Naqd pullarda katta banknotalarning deyarli barchasining ulushi ko‘paydi: 

    • 20 000 so‘mlik — 2,4 foizdan 2,8 foizga;
    • 100 000 so‘mlik — 41,6 foizdan 42,5 foizga;
    • 200 000 so‘mlik — 11,5 foizdan 13,5 foizga. 

    Shu davr ichida faqatgina yirik pullar orasida 50 000 so‘mlik banknotalar kamaygan — 27,5 foizdan 26 foizga.

    2023-yil yanvar—mart oylarida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar (163,8 trln so‘m) 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oshdi, ushbu davrda bank kartalaridagi 39,6 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olindi.

    Naqd pulga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo‘shimcha naqd pullar chiqarib borilgan. 

    2023-yil yanvar—mart oylarida umumiy pul tushumlari (naqd pul va terminal tushumlari) 140,8 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 37 foizga oshdi.

    Bunda umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi ko‘paygan — 31,2 foizdan 37,6 foizga. 

    Shuningdek, 2023-yilning birinchi choragida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2022-yil yanvar—mart oylariga nisbatan 23 foizga ko‘paydi va 86,1 trln so‘mni tashkil etdi.

    2022-yilda vaziyat qanday bo‘lgan?

    O‘tgan yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so‘mdagi miqdori bo‘yicha 100 000 so‘mlik banknotlar ulushi — 34,8 foizdan 41,6 foizga, 20 000 so‘mlikning ulushi — 2,1 foizdan 2,3 foizga yetgan bo‘lsa, 50 000 so‘mlikning ulushi — 34,2 foizdan 27,5 foizga, 10 000 so‘mlik ulushi — 14,5 foizdan 9,4 foizga, 5 000 so‘mlik — 12,7 foizdan 6,5 foizga, 1 000 so‘mgacha — 1,4 foizdan 0,9 foizga tushdi. 

    Mayda pullarning kamayish tendensiyasi 2022-yilda ham kuzatilgan. 

    Ma’lumki, 2022-yil iyul oyida nominal qiymati 200 000 so‘mlik banknot muomalaga chiqarildi va yil yakuniga kelib ularning naqd pullar tarkibidagi salmog‘i 11,5 foizni tashkil qildi. 2023-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 13,5 foizgacha o‘sgan. 

    Qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2022-yil davomida qo‘shimcha 24,5 mlrd so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdori 0,05 foizni tashkil etmoqda.

    Ma’lumot uchun, 2022-yil 26-dekabrdan 1 000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari muomalaga chiqarilgan.

    Mayda pullar nega kamayib ketmoqda?

    Mayda banknotalar kamayib ketishining asosiy sababi — muomalada naqd pullar miqdorini qisqartirish. Bundan maqsad — naqd pulni odamlar uchun qulayligini oshirish. 

    Bunga misol qilib 2022-yil davomida 1 000 so‘mlik qog‘oz shaklida yoki banknota ko‘rinishida muomalaga chiqarilmagani keltirsa bo‘ladi. Kelgusida shu kabi tendensiya 5 000 so‘mlik va 10 000 so‘mlik bilan ham kuzatiladi. 

    O‘zbekistonda nafaqat mayda pullar, balki naqd pullarning umumiy soni ham kamayib bormoqda. Bu dunyoning raqamlashayotgani bilan bog‘liq. Naqd pullar o‘rnini elektron pullar egallaydi degan taxminlar ham mavjud. 

    Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev 60 dan ortiq mamlakat markaziy banklari elektron pullarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazayotganini aytgan edi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bunga aniq bir yechim topilgani yo‘q va hali juda ko‘p savollar ochiq turibdi.

    10.04.2023, 20:25   Izoh (0)   11678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Foziljon Qambarov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiya Rossiya ko‘miriga bo‘lgan qaramlikdan deyarli qutuldi — Nikkei

    10.04.2023, 20:10

    Ombor yetishmovchiligi O‘zbekistonning tashqi savdo talabini qondira olmasligiga olib keladi

    10.04.2023, 18:00

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” 1,5 mlrd dollarga ko‘paydi

    10.04.2023, 10:06

    O‘zbekiston yetakchi: Rossiyada har oltinchi ish beruvchi migrantlar bilan ishlashi ma’lum qilindi 

    07.04.2023, 22:05

    Urush va sanksiyalar oziq-ovqat narxlarini oshiradi: Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 5,3 foizga o‘sishini prognoz qildi

    07.04.2023, 14:10

    Jahon iqtisodiyotining o‘sish prognozi 1990-yildan beri eng past darajaga tushdi

    07.04.2023, 12:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.