O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar—martigacha bo‘sh omborlar ulushi 207 ming kvadrat metr maydonning atigi 4,5 foizini tashkil etadi. Bu haqda NF Group ko‘chmas mulk agentligi tadqiqotiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, B toifali omborlarni (ta’mirlangan yoki yangi qurilgan binolar) ijaraga olishning yillik o‘rtacha qiymati kvadrat metri uchun 64 dollarni tashkil etdi.
MDH mamlakatlaridagi omborlarga asosiy talab yirik chakana sotuvchilar, shu jumladan, elektron tijorat va logistika operatorlari tomonidan shakllantiriladi. Taxminan, 80 foiz so‘rovlar Wildberries va Ozon’dan keladi.
Kompaniyalar doimiy ravishda buyurtmalarni yetkazib berish tezligini oshirish uchun yangi ombor maydonlarini qidirmoqda. Shuning uchun Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda bunday inshootlarga ehtiyoj bor.
NF Group hamkori Konstantin Fomichenko ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Armaniston va Gruziyada bo‘sh omborlar yo‘qligi Rossiyaga parallel importni sekinlashtirgan.
CORE.XP ombori va sanoat ko‘chmas mulk departamentining katta direktori Anton Alyabevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari ushbu bozorlarda moslashtirilgan loyihalarni faol ravishda amalga oshirishni boshlashlari mumkin.
Afsuski, MDH mamlakatlarida omborlarni qurish uchun qulay joylar ham, professional ishlab chiquvchilar ham yo‘q, — deb ogohlantiradi u.
Izoh (0)