Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Eronning Bokudagi elchixonasi to‘rt nafar xodimini persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Diplomatlarga 48 soat ichida Ozarbayjonni tark etish buyurilgan. Ozarbayjon TIV matbuot xizmati haydash sababini “diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmaydigan va Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan faoliyat” deb atamoqda.
Eronning Bokudagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Abbos Musaviy Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Uchrashuvda mezbon tomon Tehronning “so‘nggi paytlarda qilgan provokatsion harakatlaridan” chuqur noroziligini bildirgan.
Izoh (0)