Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Prezident yig‘ilish davomida Jo‘qorg‘i Kenges raisi va tuman hokimlari qator masalalar yuzasidan o‘z rejalarini aniq hisob-kitoblar bilan tushuntirishi lozimligini aytdi. 

Qoraqalpog‘istonda 168 ming tonna kartoshka, 48 ming tonna mol va parranda go‘shti, 90 million dona tuxum tanqisligi mavjud. Davlat rahbari Jo‘qorg‘i Kenges raisiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlanishi bo‘yicha topshiriq berdi. Prezident bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha hududdagi mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berdi.

“Qoraqalpog‘istonda 4 ta mahallada bog‘cha yo‘q, 51 ta maktabda o‘quvchilar soni meʼyordan 2 baravar ko‘p. Shuningdek, 208 ta mahallada ichimlik suvi taʼminoti yaxshi emas, 120 kilometr magistral hamda eng serqatnov 600 kilometr ichki yo‘llarni taʼmirlash kerak.

Qoraqalpog‘istonda 2023-yilda 100 million kilovatt soat elektr taqchilligi kutilmoqda. Bu masalada alohida qaror qabul qilib, hamma vazifalar belgilab berilgan. Jo‘qorg‘i Kenges raisi tuman hokimlari bilan, bu taqchillikni qanday qoplamoqchi?”, — dedi prezident

Davlat rahbari har bir tuman hokimi 2023-yilda 50 million dollardan qo‘shimcha investitsiya olib kelishi lozim ekanligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi “Do‘stlik” bog‘i yaqinida ikki tup chinor noqonuniy ravishda kesildi
Mahalliy
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda