Toshkentda 24 yoshli yigit ko‘p miqdorda qarz bo‘lgani sabab o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, u turli xil internet o‘yinlariga ishqiboz bo‘lgan. Avvaliga mo‘maygina daromad topgan yigit keyinchalik shu o‘yinlar sabab katta qarzga botgan. Oqibatda o‘z joniga qasd qilgan.
Shifokorning aytishicha, yigit o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p miqdorda uksus ichib yuborgan. Buning oqibatida og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, oshqozonida kimyoviy kuyish kuzatilgan.
Bemorga birinchi yordam sifatida uning oshqozoni yuvilgan. Hozirda ahvoli og‘ir bemorga kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Izoh (1)
Oldin òzbekistonda yòq edi bu òyinlar.