BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegasiya 13-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining xabar qilishicha, yuqori martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.
Folker Tyurk tashrif davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirmoqda.
Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpog‘istonga ham boradi.
Izoh (0)