“Mehridaryo” loyihasiga toshkentlik Dilnoza Shorasulova murojaat qilib, yolg‘iz farzandi Sabina oqqon xastaligi bilan kurashayotganini va ilik ko‘chirish amaliyoti uchun mablag‘ kerakligini maʼlum qildi. Ona va bola sahovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj.
— 2022-yilning yanvar oyida qizim Sabina to‘xtovsiz bir yarim oy davomida isitmaladi. Hech bir shifokor aniq tashxis qo‘yolmadi. So‘nggi tekshiruvlar esa uning oqqon kasalligiga chalinganini ko‘rsatdi. Bir necha oygi davolanishdan so‘ng uyga javob berishgandi. Ammo ko‘p o‘tmay unda yana kasallik qaytalandi.
Hozir ham qizim bitta ampulasi 1200 AQSH dollaridan sotiladigan kimyo-terapiyasini olyapti. Bu dorini ilik ko‘chirish amaliyotidan avval olish kerak ekan. Bu amaliyot O‘zbekistonda o‘tkazilmaydi, xorijda esa juda qimmat. Shu bois xalqqa murojaat qilishga va saxovatpesha insonlardan yordam so‘rashga majburman. Yaxshi insonlar Alloh yo‘lida farzandimning sog‘ayib ketishiga ko‘mak beringlar. Umrimning so‘ngiga qadar haqqingizga duo qilaman.
Turkiyadagi klinikalar bilan gaplashyapmiz. Ammo xususiy klinikalarda ilik ko‘chirish amaliyoti 100 000 AQSH dollari evaziga amalga oshirilar ekan. Bir necha oylab kasalxonada davolanganimiz uchun hech qayerda ishlolmayman. Qizimning ham mendan bo‘lak yaqini yo‘q, — deydi bemorning onasi Dilnoza Shorasulova.
Shorasulova Sabinaga xayriya qilishni qilishni istaganlar uchun:
8600 0610 9832 7082
Shorasulova Dilnoza
Murojaat uchun: (99) 619-69-42