• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sahnada ulg‘aygan, ikki marta avariyaga uchragan va ketma-ket yaqinlaridan ayrilgan: Azim Mullaxonov 63 yoshda

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov 17-fevral kuni muborak 63 yoshni qarshiladi. Samimiy va kamtarin ijodkorning hayot yo‘li ijodidan sokin kechmagan. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonovning ko‘pchilikka nomaʼlum hayot va ijod yo‘li haqida maʼlumotlar to‘plashga qaror qildi.

    “Aviakonstruktor bo‘lishni istardim”

    Xonanda ijodkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lsa-da, bolaligida aviakonstruktor bo‘lishni orzu qilardi. Ammo oilada muhit, uni sanʼatkor bo‘lishga undadi. Chunki ota-ona ijodkor bo‘lgan oilada, farzandlarning bu kasbga mehr qo‘yishi tabiiy hol.

    Foto: Instagram

    — Dadam Azizbek Mullaxonov nay chalib, Maʼmurjon Uzoqov,  Jo‘raxon Sultonov bilan birga ijod qilardi. Onam O‘zbekiston xalq artisti Farog‘at Rahmatova esa ijodiy safarlarga hamisha meni o‘zi bilan olib ketardi. Sanʼatkorlarning bari oila aʼzomdek bo‘lib ketgandi, — deydi Azim Mullaxonov.

    Bolakay Azimjonning kun kelib mashhur sanʼatkor bo‘lib ketishi bolaligidan maʼlum edi. U tabiatan sho‘x va o‘yinqaroq bo‘lsa-da, musiqani yaxshi tushunardi. Hali musiqiy taʼlimni olmay turib ham bir nechta musiqa asboblarini chalishni uddalay olardi. Shu bois ham 15 yoshida uni “Muqimiy” teatriga ovoz muhandisi sifatida ishga qabul qilishgan. Undan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti Nabi Xalilov dirijorligidagi orkestga gitarachi sifatida ishga olishgan. Oradan ko‘p o‘tmay nafaqat sozandalikka, balki xonandalikka ham qiziqishi ortdi. 1990-yili o‘tkazilgan “Botir Zokirov” nomidagi tanlovda oliy o‘rinni qo‘lga kiritgach, qo‘shiqchilikka bo‘lgan eʼtiborini yanada kuchaytirdi.

    “Maktabdagi eng janjalkash bola bo‘lganman”

    Azim Mullaxonov bolaligidan sho‘x va janjalkash bo‘lgani va onasi uni aktyor bo‘lishga jiddiy harakat qilgani haqida ham aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram /@azim_mullakhanov_

    — Hozir ko‘pchilik meni og‘ir-vazmin deb biladi. Ammo bolaligimda buning aksi bo‘lganman. Janjalkash va nihoyatda sho‘x bola bo‘lganman. Maktabda biror janjal chiqsa ustozlar “Azimjon emasmi? U boshladimi?” deyishardi. Ammo yosh ulg‘aygandan keyin feʼl-atvor ham o‘zgarar ekan. Xonanda bo‘lib, to‘y-xizmatlariga chiqishni boshlaganimdan keyin feʼl-atvorim ham o‘zgardi.

    Onam rahmatli 90 yoshda olamdan o‘tdi. Keksaygan chog‘ida ham tetik, dadil ayol edi. 50 yoshida ham turmushga chiqmagan qizlar rolini maromiga yetkazib ijro etardi. Hozir kimdir yoshimni so‘rasa, javobimdan keyin “60 dan oshdingizmi?” deb hayron bo‘lishadi. Ko‘pchilik meni yosh deb bilar ekan. Yosh ko‘rinish qonimizda bordir, — deydi Azim Mullaxonov.

    “San’atkorni urish faxr edi”

    Azim Mullaxonov “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida mustaqillikdan avvalgi yillarda san’atkorlarga qiyin bo‘lgani va to‘ylardagi janjallar haqida so‘zlab bergan.

    Foto: “Daryo”

    — Haqiqatan ham 1980—1990-yillar san’atkorlar uchun juda qiyin kechgan. O‘sha davrda ijod qilgan san’at vakillari bu kunlarni yaxshi eslashadi. Odamlar qonun-qoidalarga bo‘ysunishmasdi, ba’zi insonlar uchun san’atkorni urish faxr edi. Qo‘shiq aytib turganimda piyolasidagi ichimlikni yuzimga sepib yuborgan yoki atayin janjal chiqargan paytlari juda ko‘p bo‘lgan. Xalq tilida aytganda o‘sha paytlarda “ko‘cha odamlari” ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun san’atkorlar sahnaga chiqqanda gapini o‘ylab gapirardi. Gazeta va radiolarga intervyu berganda ham san’atkorlar vazminlik bilan o‘ylab javob berardi.

    Bir kuni rahmatli Muhriddin Xoliqovga viloyatdan to‘y olganim haqida aytib qoldim. “Voy ahmoq, o‘sha yerga to‘yga borasanmi? Sen u yerdan tirik qaytmaysan”, dedi. Nega bunday deyotganiga qiziqdim. “Falonchiga to‘yda pistolet tirashgan, boshqa san’atkorni esa stolning tepasiga chiqib, qo‘shiq kuylashga majburlashgan”, deb bir nechta holatlarni sanab ketdi. Lafz qilganman, deb to‘yga bordim. Muhriddin rahmatli tasvirlaganidek ko‘chada to‘s-to‘polonli to‘y bo‘ldi. Baxtimga, to‘y egasining onaxoni ijodimni yoqtirib qoldi. Shuning uchun to‘y davomida men va jamoam bilan bog‘liq muammo bo‘lmadi.

    Foto: Instagram /@azim_mullakhanov_

    Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yana bir viloyatga to‘yga taklif qilishdi. U yer ham to‘ydagi to‘polonlari bilan mashhur edi. Avvaliga paysalga solib, to‘yni rad qilmoqchi bo‘ldim. Ammo to‘y egasi qattiq iltimos qilganidan keyin yo‘q deyolmadim.

    To‘y egasi ham meni tushunib, to‘yni kunduz kuni o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Viloyatga borganmiz, aksiga olib, sozandalarning musiqiy asboblari boshqa mashinada qolib ketibdi. To‘y egasi “Aka, uzr endi, to‘y kechga bo‘ladi”, dedi. Bu orada mahalliy sozandalar bilan bog‘lanib, musiqiy asboblarni topdik va kechki xizmatni boshladik.

    Sozandalarim “Aka, kunduzi shuncha to‘polon bo‘ldi, kechga nima bo‘larkan-a?” dedi. Nima bo‘lsa peshanadan deb, xizmatni boshladik. Ammo odamning o‘ziga ham ko‘p narsa bog‘liq. Qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib, xalqqa kibr qilmay xizmat qilsa, hech qanday muammo chiqmasligiga amin bo‘lganman. Hozirgi san’atkorlarga oson, sababi 90-yillardagi to‘ylar kechki 5 da boshlanib, tonggi 6 gacha davom etardi, — deydi Azim Mullaxonov.

    Jurnaldan topilgan “Ota”

    Xonanda “Ota” qo‘shig‘ini tasodif sabab yaratgani va haligacha eng sevimli qo‘shiqlaridan biri bo‘lib qolgani haqida so‘zlab berdi.

    — Uning yaratilishi qiziq bo‘lgan. Bir kuni matbuot do‘konidan “Sharq yulduzi” jurnalining yangi sonini xarid qildim. Yo‘l-yo‘lakay jurnalni varaqlab, o‘qiy boshladim. Birdan xalqimizning sevimli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron qalamiga mansub bir turkum she’rlarga ko‘zim tushdi. Ushbu she’rlar orasidan “Ota” nomlisini o‘qiganimda yuragim jiz etdi va mazkur she’rni qo‘shiq qilib kuylash g‘oyasi tug‘ildi. To‘y-u tadbirlarda xirgoyi qilgan qo‘shig‘imga vaqt o‘tgani sari tinglovchilarning talabi orta boshladi va mashhur qo‘shiqqa aylandi. Keyin unga klip tasvirga oldik, — deydi xonanda Azim Mullaxonov.

    Rus qizi bilan oila qurgani rostmi?

    Xalq orasida xonanda rus millatiga mansub ayol bilan oila qurgani haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalgandi. Azim Mullaxonov bu savolga quyidagicha javob berdi.

    Foto: Instagram /@azim_mullakhanov_

    — Ayolim Matluba rus emas, aralash millat vakilasi. Yaʼni qaynotam rahmatli o‘zbek, qaynonam rus bo‘lgan. Ularning tanishuvi kinolardagidek bo‘lgan. Qaynotam urushga borganida oyog‘idan jiddiy jarohat olgan. Front ortidagi rus hamshirasi unga mehribonlik qilib davolagan ekan. O‘shanda qaynotam unga ko‘ngil qo‘yib, roziligini olib O‘zbekistonga olib kelgan ekan. Ayolim o‘zbekona muhitda ulg‘aygan, — deydi xonanda.

    “ ‘Shaytanat’dan umid uzgandim”

    Azim Mullaxonov “Daryo” internet nashrining YouTube kanaliga bergan intervyusida mashhur “Shaytanat” qo‘shig‘ining yaratilish jarayoni qanday kechgani va qo‘shiqni ijro etishga talabgor bo‘lgan hamkasblari haqida so‘zlab bergan.

    Foto: “Daryo”

    — Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” qo‘shig‘ining she’rini berib, “Beshta xonandaga berdim, agar kimning ijrosi yaxshi chiqsa, sauntrek qilib o‘shani olaman”, degan. Bu gapdan keyin umidimni ham uzgandim. Beshta xonandaning ichida aniq kimdir zo‘r aytadi, deb bee’tibor bo‘lganman. Ammo Yodgor aka qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shiqni so‘ragan. “Beshta xonandaga bergan bo‘lsangiz, men nima qildim aytib”, desam “Ularni qo‘yaver, meni sening ijroying qiziqtiryapti”, degandi. Uning qistovi bilan o‘sha kuniyoq qo‘shiq ustida ishlashni boshlaganman. Bu qo‘shiq ijodimdagi eng qisqa vaqt ichida yaratilgan qo‘shiq bo‘lgan. “Shaytanat” qo‘shig‘i uch kunda tayyor bo‘lgan, — deydi xonanda Azim Mullaxonov.

    Tabiatan injiq va o‘ta talabchan bo‘lgan ijodkor Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialining sauntrekini nega aynan Azim Mullaxonov ijro etishini istagan? 

    — Yodgor aka haqiqatan ham talabchan ijodkor. Bu inson meni yoshligimdan taniydi. Chunki rahmatli akam va O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Rasulov bilan yaqin do‘st bo‘lishgan. Ulg‘ayib, katta sahnaga chiqqanimdan keyin bir nechta ijodiy safarlarga birga boradigan bo‘lib qoldik. Sahnada qo‘shiq atayotganimda meni kuzatib o‘tirgan ekan. Yodgor aka “Yaqinda ‘Shaytanat’ nomli serial olyapman, kitobini o‘qiganmisan?” deb so‘rab qoldi. O‘sha paytda bu kitob haqida eshitmagan edim. “Albatta kitobini o‘qigin, qo‘shiqlarini sen aytasan. Bitta rol ham bor”, dedi. Menimcha, o‘shanda Elchin rolini nazarda tutganmi, deb o‘ylab qolaman. Ish ko‘payib, ancha vaqt ko‘rishmadik. Oradan ikki yil o‘tganidan keyin ko‘rishib qolganimizda “Senga qo‘shiq haqida aytgandim, u ijro etiladigan sahnalar yaqinlashib qoldi”, deganidan keyin harakatni boshlaganman. Bilishimcha, Yodgor aka qo‘shiqni Ravshan Komilov va Ahror Usmonovga ham bergan ekan. Ammo omad kulib, uni ijro etish menga nasib etdi, — deydi xonanda Azim Mullaxonov.

    “Ikki marta avariyaga uchradim”

    Azim Mullaxonovga “Nega ijod qilmayapsiz?” degan savol ko‘p beriladi. Xonanda baʼzi davralarda buning sababini oshkor etadi, baʼzida esa sir tutadi. Ammo uni yaqindan bilgan insonlar xonanda sog‘ligi yomonlashgani sabab, shovqinni yoqtirmay qolganini yaxshi bilishadi.

    — Musibat bir kelsa, ketma-ket keladi, deyishadi. 2008-yili avtofalokatga uchraganman. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, takror avariyaga uchradim. Shunda qattiq betob bo‘lib, bir qulog‘im shang‘illab qolgan. Bu ham bir dard ekan, ancha vaqtgacha davolandim. Ammo dardim arimay turib, akamdan ayrilib qoldim. Uni 2012-yili yerga qo‘ydim. Oradan bir yil o‘tmay kelinoyim ham kutilmagan dard sabab olamdan o‘tdi. Hali dardimiz arimay turib, 2014-yili onamdan ayrildik. Bu oilamiz uchun katta musibat edi. Ketma-ket yaqinlarini yo‘qotish oilamiz uchun og‘ir sinov bo‘ldi, — deydi xonanda Azim Mullaxonov.

    “Farzandlarimning san’atkor bo‘lishini istamadim”

    Foto: “Daryo”

    — Azizaxon, Feruzbek, Islombek ismli o‘g‘illarim bor. Ularda ijodga qiziqish bor edi, ammo qiynalishlarini istamaganim uchun “Boshqa kasb tanlanglar”, dedim. Ular kasb tanlaydigan yillari sanʼatkorlar uchun juda og‘ir edi. Odamlarning nazarida hamma artistlarning puli ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham bozorga borsangiz, 500 so‘mlik narsani 1000 so‘m deb turib olishadi. Hamma sanʼatkor ham to‘ydan katta pul olmaydi, televizorga chiqsa ham oddiy teatrning oyligiga ishlab yurganlar juda ko‘p. Shu bois farzandlarimning sanʼatkor bo‘lishini istamaganman, — deydi xonanda Azim Mullaxonov.

    21.02.2023, 13:40   Izoh (0)   17028
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shaytanat’ qo‘shig‘i uch kunda tayyor bo‘lgan”. Azim Mullaxonov mashhur qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida (video)

    05.11.2022, 23:31

    “Bu ishni qilayotganlar haromdan pul topyapti”. Azim Mullaxonov “Nihol” mukofotining saralash bosqichidagi qing‘irliklar haqida (video)

    07.11.2022, 16:50

    Instagram: Yulduz Usmonovaga ko‘zi ojiz muxlisaning sovg‘asi, Dilnoza Kubayevaning umr yo‘ldoshi haqidagi savolga javobi, Gulsanam Mamazoitova xonadonida xursandch...

    20.02.2023, 22:15

    Xonanda Malik uchta institutdan yiqilgani, to‘ylarda pul tergani va Yulduz Usmonova bilan qanday tanishgani haqida (video)

    20.02.2023, 14:30

    “Oila boquvchisi roli menga o‘tib qoldi”. Xonanda Gulzoda Xudoynazarova hayot yo‘llarida yolg‘iz bo‘lish taqdiriga yozilgani haqida (video)

    20.02.2023, 10:33

    Instagram: Halima Ibragimovaga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, to‘yxona ochgan Dili.me, AQSHda ko‘ngilsiz hodisaga uchragan Munisa Rizayeva

    19.02.2023, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.