• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Muvaffaqiyatli aktrisa, omadsiz tadbirkor va xit qo‘shiqlar ijrochisi: xonanda Manzura 45 yoshda (foto, video)

    Xonanda Manzuraning ijod olamiga kirib kelganiga 27 yil bo‘ldi. Bu yil 45 yoshni qarshilagan ijodkor shu kungacha o‘ndan ortiq xit qo‘shiqlar va muvaffaqiyatli rollarni ijro etdi.

    Besh yoshida o‘zini kashf etgan Manzura

    Xonanda Manzura intervyularida to‘kis oilada ulg‘aygani va bolalagi go‘zal xotiralarga boy o‘tgani uchun ota-onasidan minnatdor ekanligini taʼkidllaydi. 

    Foto: Instagram /@manzura_singer

    — Bolaligim haqiqatan go‘zal o‘tgan. O‘zim ham yuzlari do‘mboq, beg‘ubor qiz bo‘lganman. Juda kichikligimdan boshlab sanʼatga qiziqardim. Dadamning ustaxonasidagi jarayon ham menga zavq ulashardi, — deydi xonanda Manzura.

    Foto: Instagram /@manzura_singer

    Manzuraning otasi o‘z davrining taniqli rassomlaridan biri bo‘lgan. Shu boisdan ham Muborak Yo‘ldoshev qizlaridagi sanʼatga bo‘lgan mehrni erta payqaydi. Besh yoshidayoq qizidagi noyob isteʼdodni sezgan ota, do‘sti Karimxoji bilan maslahatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga o‘qishga beradi. Yosh xonanda “Neymer” orkestri bilan “Karubina” ariyasini mahorat bilan kuylaydi. Uning ovoz diapazoni tengdoshlariga nisbatan ancha kuchli ekanli ustozlarini ham hayratlantiradi.

    Uzoqqa bormagan “Sebonu”

    Foto: Google

    O‘zbek estradasida uchlik guruhni “Setora” bilan bog‘lashadi. Undan avval o‘zbek estradasida “Sebonu” nomli guruh tashkil etilgandi. Uch qizdan iborat guruhni ilk bor Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan birga 1996-yil tuzishadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo‘shiq yozib, “Ofarin-96” ko‘rik tanlovida 2-o‘rinni egallaydi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o‘qishni davom ettiradi. U paytga kelib guruhdagi Nargiza o‘zini sanʼatshunoslikka bag‘ishlaydi. Omadli trio esa “Osiyo” duetiga aylandi.

    Nigina singlisini yolg‘iz qoldirdi

    Foto: Google

    Opa-singillardan tashkil topgan “Osiyo” guruhi avvaliga sermazmun ijod qildi. Bir yildayoq “Yolg‘izim” nomli albomni taqdim etib, ikki qo‘shig‘i ommalashdi. Ammo opa-singillar ijodda ko‘p bor moliyaviy qiyinchiliklarga uchrashardi. Qo‘shiq va klip yaratish uchun firmalardan yordam so‘rar, doromadlari haminqadar bo‘lsa-da, borini ijodga sarflashardi. Afsuski, 2000-yilga borib Manzura ijodda yolg‘izlanib qoldi. Opasi Nigina kelajagini bu sohada ko‘rolmay, o‘zini dizaynerlik sohasida sinab ko‘rish uchun “Osiyo”ni tark etdi. Shundan so‘ng u klipmeyker, hozirda esa taniqli rejissor bo‘lgan Rustam Saʼdiyev bilan hamkorlik qilishni boshladi. Prodyuser bilan hamkorlik xonandaga katta omad va mashhurlik keltirdi. 

    Prodyuseri uni aktrisaga aylantirdi

    Foto: Google

    Manzuraning tanilishini ko‘pchilik “Tohir va Zuhra” filmidagi “Manzura” qo‘shig‘i va unga ishlangan klip bilan bog‘lashadi. Noodatiy imij va qo‘shiq Manzuraning odamlar yodida qolishiga sabab bo‘ldi. 
    2002-yili xonanda uchun omadli keldi. U “Nihol” nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritdi. Prodyuseri Rustam Saʼdiyev uning aktrisalik mahoratini payqab, o‘zi suratga olgan “Muhabbat sinovlari” filmiga taklif etdi. Xonanda ijro etgan rol ham, unga kuylagan saundtrek ham tomoshabinlar orasida ommalashadi. Shundan so‘ng aktrisani film saundtreklariga va syomkalariga ko‘p taklif etadigan bo‘lishdi. Albatta, bunda prodyuseri Rustam Saʼdiyevning hissasi katta.

    “Sizdan boshqa sovuq yuz topolmadik”

    2007-yilda xonandani texnologik film bo‘lgan “Sevginator”ga taklif etishadi. 3 yil davomida Munavvara Abdullayevadan aktyorlik mahoratidan saboq olgan Manzura ikkita obrazni gavdalantirishi kerak edi.

    — “Sevginator”da rol ijro etishni unchalik istamaganman. Hatto ertasi kuni syomka deyilganda ham “O‘rnimga xonanda Lolani olinglar” deganman. Shunda rejissor yonimga kelib, “Sizdek sovuq yuz boshqa yo‘q-da” degan, — deydi xonanda Manzura. 

    Asirga olishgani haqida...

    Xonanda intervyularining birida u va jamoasiga qilingan suiqasd, jiddiy shikast yetkazishgani va asirga olishgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Google

    — Bundan yigirma yilcha avval to‘yda jamoadagi bolalarimni urmoqchi bo‘lib, pichoq bilan kelib, o‘ldirib yubormoqchi bo‘lishgan. Men ham juda “duxi” baland qiz edim. Otdan tushsam ham, egardan tushmaganman. Ular nima degan bo‘lsa, xuddi shunday javob qaytarganman. Har xil gap-so‘zlardan so‘ng, ular bizni qo‘yib yuborishgan. Ular bizni o‘rab olib, asir qilib qo‘yishgandi. Maʼmurimni tepishgan edi. Bunday holatlar eslasak, ko‘p chiqaveradi, — deydi xonanda.

    Omadsiz tadbirkor

    Xonanda Manzura opasi Nigina bilan birgalikda “Manzura” liboslar butigi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. U liboslar dizayni va ularning reklamalari ustida ishlab, maxsus fotosessiyalar ham o‘tkazgandi. Ayniqsa, turk fotografi Tayfun bilan Bali orolida o‘tkazilgan maxsus fotosessiyasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

    Foto: Instagram /@manzura_singer

    — Baʼzida qo‘shiqchilarning boshqa biznesi bo‘ladi. Bir xillarining ota-onasi boy bo‘ladi. Biz opam bilan boshqa biznes qila olmaganmiz. Kliplarimga, reklamalarga o‘zim pul to‘laganman. Bular uchun ham katta pul sarflaganman. Masalan, to‘ydan pulni olib, televideniyega beraman, shu pulni olib rejissorga, ovoz yozishga, xullas, o‘zimda kundalik xarajatlar uchun pul qolgan, xolos. Biz ham har bir o‘zbekka o‘xshab sekin-sekin uyning pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga sotib olganmiz. Birdan sotib olishga imkonimiz yetmagan, — deydi xonanda.

    Xonandani depressiyaga tushirgan savol

    Xonanda keyingi yillarda hayot tarzidan tortib, fikrlari ham butunlay o‘zgargani haqida aytib o‘tadi. 

    — 5-6 yil avval qattiq depressiyaga tushdim. Bunga sabab odamlarning “Qachon oila qurasiz? Farzandli bo‘lolmay qolasiz? Hayotingizning mazmuni yo‘qoladi”, degan gaplari sabab bo‘ldi. Shunda internetga “hayot mazmuni nima?” deya qidiruv berdim. Bir maʼlumot eʼtiborimni tortdi. “Musulmonlar uchun iymon va itoat” degan gapni o‘qib, yuragim junbushga keldi. Shundan keyin fikrlarim ham, hayotga bo‘lgan qarashlarim ham o‘zgardi. Nasib etsa, oila qurib, farzandli bo‘larman, — deydi xonanda Manzura.

    27.02.2023, 14:02   Izoh (0)   31138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ra’no Yarasheva 62 yoshda: Akasi o‘ldirmoqchi bo‘lgan, turmushda omadsizlikka uchragan va 39 yillik ijodidan baxt topgan aktrisaning muvaffaqiyat yo‘li 

    16.02.2023, 17:40

    Sahnada ulg‘aygan, ikki marta avariyaga uchragan va ketma-ket yaqinlaridan ayrilgan: Azim Mullaxonov 63 yoshda

    21.02.2023, 13:40

    Instagram: Nyu-York “hokimi”dan maqtov eshitgan Munisa Rizayeva, hijobga kirgan aktrisalar, ingliz tilini “yorvoradigan” Muhammadiso Abdulxairov

    26.02.2023, 22:44

    “2007-yilda zapretga tushdim, bu holatdan qattiq siqilib, semirib ketdim”. Feruza Jumaniyozova faoliyatidagi og‘ir damlar, ijodni boshlagan yillaridagi qiyinchilik...

    26.02.2023, 13:43

    Instagram: Pul ustida raqsga tushgan Jahongir Otajonov, Yulduz Usmonovaga ka'bapo‘sh sovg‘a qilishdi, Jaloliddin Ahmadaliyevdan premyera 

    25.02.2023, 22:58

    Instagram: AQSHda Trampni uchratgan Munisa Rizayeva, Zarina Nizomiddinova Jahongir va Asalni “urishtirib qo‘ydi”, Yulduz Turdiyeva xonadoniga sayohat

    24.02.2023, 22:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.