Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Saudiya Arabistonida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida Srechko Katanes shogirdlari Boliviya va Venesuela terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 24-mart kuni, Venesuelaga qarshi uchrashuv esa 28-mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)