O‘zbekistonda narkozakladchiklarni jazolash bilan shug‘ullanib kelgan 20 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Yunusobodda yashovchi fuqaroni ovloq joyda do‘pposlagan 3 nafar shaxs DXX tomonidan ushlangan. Bezorilik sodir etganlar va jabr ko‘rgan fuqaro ham aslida Telegram messenjerida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal a’zosi bo‘lgan. Jabrlangan fuqaro kanal administratori topshirig‘iga ko‘ra, muqaddam belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga yetkazib berish o‘rniga uni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgan.
Qayd etilishicha, hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni o‘zlashtirib olgan ko‘plab zakladchiklarni jazolash bilan shug‘ullanuvchi 17 nafar shaxs tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayon tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSH dollari miqdorida pul bergan.
2022-yilning oktabr, noyabr hamda 2023-yilning yanvar, fevral oylarida ushbu 20 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Izoh (0)