• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “70 yoshda 70 kiloli qopni ko‘tarish men uchun cho‘t emas”. Sobiq tergovchi, hozirda “morj” va bo‘lajak milliarder hikoyasi

    Namanganlik 70 yoshli Murodjon Qosimovning qahraton qish chillasida Norin daryosida cho‘milayotgani aks etgan videolavha “Daryo”da eʼlon qilinganidan so‘ng, otaxon internetda maʼlum darajadagi mashhurlikka erishdi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, barchani hayratga solgan otaxon bilan suhbatlashdi.

    O‘zbekistonning eng yaxshi tergovchisi

    O‘zim asli oltiariqlikman. 1984-yili Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlaganimdan keyin yo‘llanma bilan Namanganga, Uchqo‘rg‘on tumaniga yuborishgan. 22 yil davomida ichki ishlar tizimida tergovchi bo‘lib ishladim, tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarildim. Mayor unvonida nafaqaga chiqdim.

    Murodjon Qosimov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Bu yerga kelganimda hech kimni tanimasdim. Asta-sekin do‘st-og‘ayni orttirdim, quda-andali bo‘ldim. Shu bilan Namanganda qolib ketdim. Lekin to‘y-maʼrakada Farg‘onaga borishni kanda qilmayman, qarindosh-urug‘larim o‘sha yerda-da baribir.

    Ko‘p jinoyatlarni ochishda ishtirok etdim, ammo shuncha yil ishlab biror kishining bo‘yniga noto‘g‘ri ayb qo‘ymadim, qilmishidan ortig‘ini hujjatlarga tirkamadim. Shu uchun bo‘lsa kerak, meni baʼzan “advokat tergovchi” ham deyishardi.

    Tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha tayyorlagan materiallar to‘plami qaytmasligi uning faoliyatidagi eng asosiy mezon hisoblanadi. Shuncha yil ishlab, atigi bitta “delo” ortga qaytganini eslayman, u ham menga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra. 1986-yili bo‘lsa kerak, o‘sha paytdagi vazir imzosi bilan “O‘zbekiston IIVning eng yaxshi tergovchisi” degan tashakkurnomani ham olganman.

    Hozir ham ko‘cha-ko‘yda men bir paytlar so‘roq qilgan sobiq mahkumlarni ko‘rib qolaman. Ularning yuziga tik qaray olaman, hech biri “meni nohaq ayblagansiz” degan taʼna-dashnomni aytmagan. Aksincha, “vaqtida yomon yo‘ldan qaytgan ekanmiz, sizga rahmat” deyishgan.

    “Qish chillasi daryoda cho‘milishning ayni mavridi”

    Rahmatli otam chayir va chapani odam edi. Kurash tushish uchun maydonga chiqsa, olishganini yiqitmay qo‘ymasdi. Bu narsa menga ham o‘tgan. Turnikda tortilish, gimnastika, tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanganman, futbol, sambo, karatega qiziqqanman. O‘z paytida tosh ko‘tarish bo‘yicha Farg‘ona viloyati chempioni ham bo‘lganman. Gavdam, mushaklarimni ko‘rgan odam havas qilardi, uncha-munchasi yonimga yaqinlashgani hayiqardi.

    Harbiy xizmatni Rossiyaning Kemerevo viloyati, Yurga shahrida o‘tadim. O‘sha yerdan oqib o‘tuvchi Tom daryosida cho‘milardik. Hatto qishda ham. Yoshman, qiziqqonman, baquvvatman. Shu-shu bu narsa odat tusiga kirdi. O‘zbekistonga qaytgandan keyin ham cho‘milishni tark etmadim. Sindirilgan shisha ustida yotish, teridan qon chiqarmay ignani o‘tkazish kabi antiqa “hunar”larim ham bor.

    Hozir ham qish chillasida, 40 kun davomida daryoda cho‘milaman. Aslida qish chillasi daryoda cho‘milishning ayni mavridi: suv toza, odam yo‘q, faqat buning uchun yaxshigina tayyorgarlik kerak. Avval badantarbiya qilib, mushaklarimni qizdirib olaman, keyin suvga sho‘ng‘iyman. Kuniga 8-10 kilometr velosipedda yurib, masjidga qatnayman, qor yog‘gan paytlar bo‘lsa, piyoda boraman yoki yuguraman. To masjidga yetguncha bilgan sura va oyatlarni qaytarib boraman, safning oldidan o‘rin egallayman.

    Maqtanchoq chol demanglar, hozir 70 yoshimda ham 70 kiloli qopni bemalol ko‘tarib, bir joydan ikkinchi yerga olaman. Shtanga ko‘taraman, turnikda tortilaman. Umuman, erkak kishi shu so‘zga munosib bo‘lishi, o‘zi, oilasi, yurti, dinini himoya qilishga qodir bo‘lishi kerak, deb hisoblayman.

    Bir yilda bir milliard topish imkoni

    O‘zim asli oltiariqlik bo‘lganim uchun dehqonchilikka qiziqish qondan o‘tgan. Toshloq bo‘lsa ham, uch gektar yerim bor. Shu yerda qulupnay yetishtiraman, kurka-g‘oz, tovuq, asalari, baliq boqaman. Qulupnayni 15-iyundan boshlab ekishni yo‘lga qo‘ydim. Bu ham dehqonchilikda yangilik. Kuzning oxiriga borib, hosilini olishni boshlayman, bir yilda uch martagacha hosil ko‘tarish mumkin. Keyin ko‘chatini sotaman. Mavsum paytlari mahalladan 30-40 kishini ishlataman, ko‘chatalarimni hatto qulupnaychilikning piri bo‘lgan qayqiliklar ham olib ketishadi.

    Sinfdosh do‘stim Vahobjon Oripov bilan qulupnay yetishtirishning innovatsion usulini o‘ylab topdik. Bu usul yordamida 10 sotix joyda 50 sotix qulupnayning hosilini olsa bo‘ladi, ularning orasiga sarimsoqpiyoz ham ekiladi. Buning uchun issiqxonada ekinlarni qavat-qilib joylashtirish, meʼyorida harorat, tomchilatib suv, o‘g‘itini berib turish kerak. Agar bu loyihani amalga oshirish uchun menga 1 milliard so‘m mablag‘ berilsa, bir yildayoq oshig‘i bilan qaytarishga ko‘zim yetadi. Buni boshqalarga o‘rgatishga ham tayyorman.

    Xudoga shukr, to‘rt nafar farzandim, 16 nafar nabiram, ikki nafar evaram bor. Eng katta orzuyim Haj yoki Umra ziyoratini ado etib qaytish. Lekin buni birinchi galda besh nafar opa-singlim va turmush o‘rtog‘imdan boshlamoqchiman. Ular turib, safarga otlanish men uchun uyat bo‘lsa kerak...

    21.02.2023, 22:26   Izoh (0)   13140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Baydenga Ukrainaga yordam takliflarini maʼqullatish oldingiga nisbatan qiyinlashgan” — jurnalist Navbahor Imomova

    21.02.2023, 22:01

    Navoiyda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, jami 452 mln so‘mlik elektrdan foydalangan tadbirkor ushlandi

    21.02.2023, 21:45

    Qarshida o‘zini tomdan tashlagan yigit avval ham joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani aniqlandi

    21.02.2023, 21:05

    Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi yakunlandi

    21.02.2023, 20:41

    O‘zbekiston va Hindiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

    21.02.2023, 20:20

    Uzbekistan Airways bahor-yoz mavsumida eng ko‘p Rossiya shaharlariga parvoz qiladi

    21.02.2023, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:02

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    Reklama | 25 avgust, 13:30

    Ukraina Donetskdagi uchta qishloqni Rossiya harbiylaridan “tozaladi”

    Dunyo | 25 avgust, 13:35

    “Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

    Sport | 25 avgust, 13:25

    Qozog‘istonda suvni tejaydigan guruch navi yaratildi

    Qozog‘iston | 25 avgust, 13:00

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.