Xitoy politsiyasi giyohvand moddalarni topishga o‘rgatilgan olmaxonlardan iborat birinchi otryadni tuzdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Chunsin huquq-tartibot idoralarida xizmat qilish uchun o‘qitilgan olmaxonlar itlar kabi noqonuniy moddalarni aniqlashni o‘rgandi. Bu ularning itlar yetib bormaydigan kichik joylarga kirish imkonini beradi.
“Olmaxonlarning hid bilish hissi juda yuqori. Shunchaki, kemiruvchilarni o‘rgatish texnologiyamiz hali yetarlicha shakllanmagan”, — dedi politsiyachi kinolog In Szin.
An’anaga ko‘ra, Xitoyda giyohvand moddalarni aniqlash ishi burunlarida 300 million retseptori bo‘lgan itlar tomonidan amalga oshirilgan. Biroq, itlar kirish imkoniga ega bo‘lmagan joylarni olmaxonlar osonlik bilan kira oladi. Jumladan, olmaxonlar jo‘natmalar, omborlar va yashirin joylarda giyohvand moddalarni izlay oladi.
Ta’kidlanishicha, olmaxonlar itlarga o‘xshab giyohvand moddalar topganda tirnashga o‘rgatilgan. Bu uy hayvonlari, jumladan kemiruvchilarni giyohvand moddalarga qarshi kurashda yangi otryadlarni jalb qilish bo‘yicha milliy tadqiqot loyihasining bir qismi hisoblanadi. Bungacha kalamushlar bombalarni topish va zararsizlantirish uchun o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida ishlatilgan.
Izoh (0)