Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ikkita qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-fevral kuni soat 11:00 larda, taxminan, 1200 metr kub hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan tuman hokimligi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari chiqib, ushbu qor massalarini zarur texnikalar yordamida to‘liq bartaraf etgan va avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
17-fevral kuni soat 10:30 larda shu manzilda yana qor ko‘chishi kuzatilgan. Ko‘chki natijasida yo‘lning, taxminan, 15 metr qismini qor massasi yopib qo‘ygan. Hozirda ushbu ko‘chki oqibatlari mexanizatsiya kuchlari yordamida bartaraf etilmoqda.
Ushbu ikkita holat oqibatida hech bir bino inshootlarga zarar yetmagan, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh (0)