• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Eriell va Enter Engineering kompaniyalariga 35 mlrd dollarlik loyiha berilganmi?

    O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 13-fevral kuni bir guruh jurnalist va blogerlar bilan uchrashib, energetika sohasidagi muammolarni muhokama qilgandi.

    Yig‘ilishdan ma’lum bo‘lishicha, “Ozodlik” surishtiruvida 5 yilda Eriell va Enter Engineering kompaniyalariga 35 milliard dollar “tutqazilgan”i ta’kidlangan. Bu summaning bir dollari ham budjetdan ketmagan.

    Birinchidan, surishtiruvda 35 milliard dollarning 23,4 milliard dollari Eriell va Enter Engineering kompaniyalari ishtirokidagi 9 ta loyihaning umumiy qiymati ekani aytiladi.

    Shu o‘rinda bir narsaga aniqlik kiritib olish kerak, loyiha qiymati degani bu shu loyihaga, albatta, shuncha pul sarflanadi degani emas. Ko‘pincha, loyiha qiymati pudratchilar bilan shartnoma tuzilgunga qadar aniqlashtiriladi, optimallashtiriladi va haqiqiy shartnoma qiymati loyiha qiymatidan ancha past bo‘ladi. Bu oddiy narsa.

    Shunday qilib yuqoridagi 9 ta loyihaning umumiy qiymati aslida 17,6 milliard dollar bo‘lib, shundan hozirga qadar imzolangan shartnomalar qiymati 14,9 milliard dollarni tashkil etgan. Quyida loyihalarning har bittasi alohida ko‘rib chiqiladi:

     1. “Mustaqillikning 25 yilligi” konini o‘zlashtirish loyihasida 2,9 milliard dollarlik ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan, hozirga qadar esa amalda tuzilgan pudrat shartnomalari qiymati — 1,73 milliard dollarni tashkil etadi. Qolgan ishlar bo‘yicha hali shartnoma imzolanmagan.

    Moliyalashtirish manbasi — investorning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar, davlat kafolati berilmagan. Investorlar bilan Mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolangan.

    2. Qorako‘l erkin iqtisodiy zonasini va gaz-kimyo klasterini tashkil etish loyihasi bo‘yicha tuzilgan shartnoma qiymati 3 milliard dollar, moliyalashtirish manbasi – investorning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar, davlat kafolati berilmagan.

    3. 2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha dastur. Tuzilgan shartnoma doirasida 2,3 milliard dollar moliyalashtirilgan:

    • 805 million dollar “O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari;
    • 710 million dollar davlat kafolatisiz “Gazprombank” krediti;
    • 585 million dollar davlat kafolati ostida “Ipak yo‘li” jamg‘armasi (Xitoy) krediti;
    • 200 million dollar Moliya vazirligi foizli qarz mablag‘lari.

    Pudratchilar tender asosida jalb qilingan.

    4. Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish (GTL zavodi) loyihasi umumiy qiymati — 3,4 milliard dollar, moliyalashtirish manbasi:

    • 1,1 million dollar “O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari;
    • 2,3 million dollar xorijiy kreditlar.

    Tender asosida pudratchi sifatida Hyundai Engineering & Construction Co. Ltd., Hyundai Engineering Co. Ltd. (Janubiy Koreya) va Enter Engineering Pte. Ltd. (Singapur) konsorsiumi tanlangan. Pudrat shartnomasi asosida ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmi 2,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Qolgan 800 mln dollar mablag‘ litsenziya va tashqi infratuzilma obyektlarini qurish xarajatlari uchun “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan sarflangan.

    5. 2020—2030-yillarda neft qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish dasturi. Shartnoma qiymati — 2,68 mlrd dollar, moliyalashtirish manbasi – investorning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar, davlat kafolati berilmagan.

    6. Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasining umumiy qiymati — 1,8 mlrd dollar, moliyalashtirish manbasi:

    • 632 mln dollar “O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari;
    • 1,2 mlrd dollar davlat kafolatisiz xorijiy kreditlar.

    Shundan, pudrat shartnomasi asosida bajariladigan ishlar hajmi 1,3 mlrd dollar bo‘lsa, “O‘zbekneftgaz” AJning litsenziya va tashqi infratuzilma obyektlarini qurish xarajatlari — 500 million dollarni tashkil etadi.

    Pudratchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlangan.

    7. “Gazli” gazni yer ostida saqlash inshootining hajmini oshirish hamda qo‘shimcha geologiya ishlarini bajarish loyihasining shartnoma qiymati 463 mln dollar, moliyalashtirish manbasi — investorning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar, davlat kafolati berilmagan.

    8. Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsion bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarida qazish loyihasining shartnoma qiymati – 701 mln dollarlik, moliyalashtirish manbasi — investorning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar, davlat kafolati berilmagan.

    9. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilish loyihasi shartnoma qiymati — 399 mln dollar, moliyalashtirish manbasi — investorning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlar, davlat kafolati berilmagan. Bundan ko‘rinadiki, umumiy qiymati 17,6 mlrd dollarlik  9 ta loyihaning 6 tasi investorlarning 10,1 mlrd dollar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

    Ikkinchidan, surishtiruvda dastlabki baholangan qiymati 11 milliard dollar bo‘lgan Atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasi ham yuqoridagi kompaniyalarga berib yuborilgan, deb yolg‘on maʼlumot berilgan. Chunki AES qurish bo‘yicha hali hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.

    Shu tariqa “Ozodlik” surishtiruvida tilga olingan 35 milliard dollar mablag‘ning teng yarmi, yaʼni umumiy hisobda 17,4 mlrd dollar mablag‘ning aslida “tagi yo‘q”.

    16.02.2023, 09:19   Izoh (0)   11740
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Energetika vaziri O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga berganini rad etdi

    13.02.2023, 19:57

    Energetika vaziri: “Lukoyl” bilan shartnoma aslida 55 ga 45 — O‘zbekiston foydasiga”

    14.02.2023, 22:45

    Qamchiq dovoni yopilgani sababli Ohangaron—Angren—Andijon qo‘shimcha temiryo‘l reysi amalga oshirildi 

    16.02.2023, 09:07

    Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini quradi

    15.02.2023, 23:45

    Qashqadaryoda qalbaki 5 ming dollarni 25 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi  

    15.02.2023, 23:40

    O‘zbekistonda yanvar oyida 1816 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi

    15.02.2023, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.