Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida qalbaki 5 ming dollarni 25 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi.
Xabarga ko‘ra, holat DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Muborak tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.E. qalbaki 5 ming dollarini 25 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida Sh.E. mazkur qalbaki kupyuralarni Kitob tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan T.X.dan olgani aniqlanib, u ham ushlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, ushbu qalbaki xorijiy valyutalar Qozog‘istondan olib kelingan. Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)