Ombudsman nomiga fuqarolar, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bir yilda 5,2 foizga kamaygani maʼlum qilindi.
Xabarga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fraksiya aʼzolari dastlab Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tingladi. Hisobotda keltirilishicha, 2022-yilda Ombudsman nomiga O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 17 761 ta murojaat kelib tushgan. Bu 2021-yil bilan taqqoslaganda 5,2 foizga kamdir. Ombudsman tomonidan 2022-yilda oila huquqi yo‘nalishida 683 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 327 tasi parlament nazorati subyekti
sifatida o‘rganilgan.
Izoh (0)