• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat xizmatini ko‘rsatish: 300 mlrd so‘m cho‘ntakda qoldi, ikki baravarga qisqargan hujjatlar, bekor qilingan bojlar

    Avvallari biror idoraga ishing tushib borsang umringda eshitmagan hujjatlar talab qilinardiki, tirikligingni isbotlash uchun ham hujjat kerak edi go‘yo. Tizim integratsiya qilinmagan, beshta qog‘oz uchun shuncha idora eshigida kunlab sarg‘ayishga mahkum edi odam. Boz ustiga bir idora ikkinchi idora bergan maʼlumotni tan olmasligi dard ustiga chipqon bo‘lardi. Navbatlar ham raqamlashtirilmagan, asabbuzarliklarni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Bunday holat nafaqat ovoragarchilikka olib kelgan, balki korrupsion vaziyatlarni yuzaga keltirgandi.

    Foto: “Daryo”

    Xo‘sh, o‘tgan besh-olti yil ichida davlat xizmatlarini ko‘rsatish qay darajada o‘zgardi, ko‘pchilikni me’dasiga teggan hujjatbozlik va qog‘ozbozliklarga barham berildimi? Shu va boshqa savollar yuzasidan Adliya vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga tushuntirish berdi.

    300 mlrd so‘m cho‘ntakda qoldi

    Davlat xizmatini isloh qilish ko‘pdan ko‘p so‘raladigan hujjatlarni tartibga solishdan boshlandi. Avvallari ko‘pchilikdan so‘raladigan narsalar nima edi? Ruhiy kasalliklar va narkologiya bo‘yicha hisobda turishi yoki turmasligi, sudlanganlik, soliqdan qarzi, pensiya olishi, nikohdan tortib ajrashgani, shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, fotosuratigacha so‘ralardi. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Endilikda esa yuzlab hujjatlar bir tizimga birlashtirildi. Bitta tugma bilan barcha maʼlumotlarni ko‘rish, yuklab olish va qayta ishlash imkoniyati yaratildi. Bir dasta qilib, nusxa ko‘chirtirib yurishga hojat qolmadi.

    Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida 73 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarning aholidan talab qilinishi bekor qilindi. Shuningdek, 200 dan ortiq tartib-taomillar soddalashtirildi.

    Foto: “Daryo”

    Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda talab etiladigan hujjatlar soni 221 tadan 95 taga – 43 foizga qisqartirilgan. Xo‘sh, shuncha hujjat talab qilish bekor qilingan bo‘lsa, odamlarga nima foyda bo‘ldi? Birgina 73 turdagi hujjatlarning qisqartirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 20 million aholiga qulaylik yaratildi. Ularning 300 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i cho‘ntagida qoldi.

    E’tiroz va takliflar eʼtiborga olinib, 150 dan ortiq xizmatlar to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, soddalashtirildi. Natijada talab etiladigan hujjatlar soni ikki baravarga qisqartirildi.

    Yana bir yaralarimizdan biri – propiska masalasi edi. Yaʼniki propiskang bo‘lmasa, xizmat ko‘rsatilmas, yashash manzilingga mablag‘ va vaqt sarflab borib kelishga to‘g‘ri kelardi. Shular inobatga olinib fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qatʼi nazar 7 turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish imkoni berildi.

    Litsenziyalash osonlashdi

    Bosh og‘rig‘i ko‘p, navbat kutib charchatadigan, hujjatbozliklarining oxiri yo‘q yo‘nalishlardan biri – litsenziya olish edi. Bu tizim ham isloh qilindi – litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini belgilab beruvchi Hukumatning 3 ta qarori qabul qilindi. Sohadagi 250 dan ortiq hujjatlar bekor qilindi.

    “Litsenziya” axborot tizimida 95 ga yaqin xizmat ishga tushirilib, 65 mingdan ortiq elektron litsenziyalar, ruxsatnomalar va xabarnomalar berildi. Buning natijasida fuqarolarning turli idoralarga 5-10 marotaba ovora bo‘lib borishiga chek qo‘yilib, yiliga 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ aholining o‘zida qoladigan bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Endi arzon ...

    Xizmat ko‘rsatish nafaqat raqamlashtirilmoqda, balki unga to‘lovlar kamaytirilib, baʼzi bojlar bekor qilinmoqda. Xususan o‘tgan 2022-yil 1-yanvardan 8 ta davlat xizmati bo‘yicha to‘lovlar kamaytirildi va ayrimlari bekor qilindi. Bunda

    – O‘zbekistonning konsullik muassasalari tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarida gerb blankasi uchun undiriladigan 5 AQSH dollari yig‘im bekor qilindi;

    – Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish xizmati uchun undiriladigan BHMning 1 baravari yig‘imi bekor qilindi;

    – Advokatlik byurolarini ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lovlar BHMning 2 baravaridan 1 baravariga kamaytirildi;

    – Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berishda yig‘im BHMning 10 baravaridan 7 baravariga kamaytirildi.

    Foto: “Daryo”

    Davlat xizmatini ko‘rsatishda ijtimoiy himoyaga olingan shaxslarga moddiy jihatdan ko‘mak berish maqsadida 2021-yil 1-noyabrdan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz chegirma qo‘llanilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Shunday qilib,  2021-yilda 9,4 mln ta, 2022-yilning 11 oyida esa 9,3 mln dan ortiq, 2017-yilga nisbatan solishtirganda 83 barobar ko‘p xizmat ko‘rsatildi. Bir kunda o‘rtacha 45 mingga yaqin aholiga davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.

    15.02.2023, 19:50   Izoh (0)   3596
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangibozor tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

    15.02.2023, 19:15

    “Tutli” fotoelektr stansiyasi bir yilda 140 mingta xonadonni elektr bilan ta’minlashi ma’lum qilindi

    15.02.2023, 18:32

    Bo‘stonliqda ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.02.2023, 18:10

    "Barcha konlar Rossiyaga berilgani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri. Energetika vaziri hujjatlarni bizga bittama-bitta ko‘rsatdi" — Kamoliddin Rabbimov

    15.02.2023, 17:34

    O‘zbekistonda yuklamasi me’yordan oshgan elektr va gaz tarmoqlariga yangi iste’molchilarni ulash taqiqlandi

    15.02.2023, 17:14

    O‘zbekistonda elektr energiyasi va gazni talon-toroj qilish o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanishi kutilmoqda 

    15.02.2023, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.