Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 2022-yil 28-dekabr kuni ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chimboyli qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan holat yuzasidan 25-27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchi (tezkor) protsessual tartibda ushlangan.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan 10 yaqin sud tibbiy va boshqa turdagi ekspertizalar tayinlangan.
Izoh (0)