O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanishi kutilmoqda.
“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, Bosh prokuratura Oliy sud, DXX, IIV, Energetika vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda bunday o‘zgarish nazarda tutilgan qonun loyihasini ishlab chiqadi.
Unda “O‘zenergoinspeksiya”ning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (mansabdor shaxslarga nisbatan) vakolatini belgilash, O‘zenergoinspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma va taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash ham ko‘zda tutilishi lozim.
Izoh (0)