Ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat ommabop guruhlarda qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etdi.
Unda bir martalik o‘ziga xos aksiya ortidan qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar yoppasiga “evakuatsiya” qilinayotgani, arizalar 15-fevralgacha qabul qilinishi aytilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, fuqarolarni rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi.
“Qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi to‘g‘risida tarqalayotgan xabarlar asossiz va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — deyiladi vazirlik bayonotida.