Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining yarim final dastlabki o‘yinida “Borussiya D” “PSJ” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, parijliklar avtobusi Dortmund stadionini Kilian Mbappesiz tark etgan. Bunga sabab Mbappe doping-test topshirgani bo‘lgan. Kilian keyinchalik shaxsiy avtomobilida aeroportgacha yetib olgan va jamoadoshlariga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” va “Borussiya D” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 7-may sanasida bo‘lib o‘tadi.
Mbappe 2018-yildan buyon parijliklar sharafini himoya qilib keladi. Futbolchining jamoa bilan bitimi 2024-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum Kilian barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)