Toshkentda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov 26-yanvar kuni bekor qilindi.
Anomal sovuq ob-havo kunlari poytaxt hokimligi tomonidan aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida, shahardagi oziq-ovqat doʼkonlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat koʼrsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bogʼlari vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga oʼtkazish tavsiya etilgan edi.
Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani sababli yuqoridagi barcha korxonalar doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishiga ruxsat berildi.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh (0)