O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.
Ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.
Ayni vaqtlarda tashrifga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)