Dam olish kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havoni hali ham sovuq antisiklon belgilaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, ushbu kunlarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 20—21-yanvar kunlari eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduz kunlari 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, ba’zi joylarda 5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Izoh (0)