Buyuk Britaniya Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishi uchun javobgarlikka tortmoqchi bo‘lgan xalqaro hamkorlar guruhiga qo‘shildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Ukrainaning ushbu koalitsiyaga qo‘shilish taklifini qabul qildi. Koalitsiyada huquqiy tajribasi almashinib, Rossiya rahbariyatini harakatlari uchun to‘liq javobgarlikka tortish imkoniyati o‘rganiladi.
“Rossiyaning vahshiyligi jazosiz qolmasligi kerak”, — deya Kleverli ukrainalik askar va tinch aholining o‘limi, millionlab ukrainaliklarning ko‘chirilishi haqida gapirdi.
Buyuk Britaniyaning ishtiroki yangi “gibrid” tribunal imkoniyatlarini baholashni o‘z ichiga oladi. U Rossiya jinoyatlarini tergov qilishning mavjud mexanizmini, jumladan, Xalqaro jinoiy sud va Ukrainaning ichki sud jarayonini to‘ldirishi mumkin.
Putin uchun tribunal
Eslatib o‘tamiz, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok yaqinda “maxsus tribunal” yaratishni taklif qilgandi, chunki Rossiyani Xalqaro jinoiy sud doirasida javobgarlikka tortish qiyin.
19-yanvar kuni Yevroparlament Rossiya oliy rahbariyatini Ukrainaga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish uchun maxsus tribunal tashkil etish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi.
Izoh (0)