• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tartibsiz qurilish avj oldi, bog‘lar investorlarga sotildi, OAVga nisbatan dushman kayfiyati shakllandi: Ortiqxo‘jayev faoliyati nimasi bilan yodda qoldi?

    2018-yilning 26-aprelidan beri Toshkent shahri hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev 2023-yilning 16-yanvar kuni lavozimidan olingani va prezidentning “noinsof”, “oyog‘i yerdan uzilgan” degan ta’riflariga lozim ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi. Poytaxtning sobiq hokimi qaysi ishlari bilan jamoatchilik yodida qoladigan bo‘ldi. “Daryo” Jahongir Ortiqxo‘jayev faoliyati bilan bog‘liq eng shov-shuvli voqealar ketma-ketligini esga oladi.

    Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 30-aprel kuni Toshkentda Turkiya biznesi va banklari rahbarlari qarshisida nutq so‘zlayotib, ularga Toshkentning endigina ish boshlagan yangi hokimi — Jahongir Ortiqxo‘jayevni tanishtirganida “Men O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zim ishonadigan tadbirkorni Toshkent hokimi etib tayinladim. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan”, — degandi. Shuningdek, davlat rahbari bu tayinlov orqali joriy islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan uzoq bo‘lgan, Toshkent shahrining ertangi kuni qanday bo‘lishini tasavvur qiladigan, zamonaviy yigit O‘zbekistonga toza havo kirishi uchun, investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tayinlaganini qo‘shimcha qilgandi.

    U bizning ko‘pchilik rahbarlarimiz kabi raykom, partiya singari byurokratiya tizimlarining hech birida ishlamagan. Bu tadbirkor. Shunga qaramay, men bu tadbirkorni eng yirik hududimiz — Toshkent rahbari etib tayinladim, — degandi o‘shanda davlat rahbari.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari maqtovi bilan ish boshlagan Ortiqxo‘jayevning ilk yaxshi ishi bu — “Gazeta korpusi”ning auksion savdosida sotilishini to‘xtatishi bo‘ldi. Voqea haqida jamoatchilikka to‘liq axborot bergan hokimlik poytaxtdagi “Matbuotchilar uyi” garov ta’minotidan bekor qilinganini, “Toshbozorsavdo” kreditni o‘zi to‘laydigan bo‘lganini ma’lum qildi.

    “Menga va komandamga pora kerak emas”, “25 yil uxlagan mamlakatni uyg‘otaylik”, degan chaqiriqlari bilan jamoatchilik nazariga tushgan Ortiqxo‘jayev dastlab Sebzordagi “snos” ishlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Open Democracy nashrida e’lon qilingan ma’lumotga izoh berishi orqali OAV vakillari bilan ham yuzma-yuz kelishni boshladi. Ushbu nashrda chop etilgan maqolada Tashkent City qurilishi loyihasida ishtirok etayotgan xorijiy investorlarga tegishli ekani aytilayotgan ayrim kompaniyalar aslida Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador ekani bayon etilganiga izoh bergan hokim rahbarligidan avval Akfa direktorligidan voz kechish so‘ralganini, ammo kompaniya aksiyalari hamon o‘zida qolganini ochiqladi. OAV vakillari savollariga javob berishga majbur bo‘la boshlagan Jahongir Ortiqxo‘jayev dastlab The Guardian gazetasidagi maqolaga javob berib, “Toshkent shahri hokimi sifatida men sizning ‘Ogohlantirishsiz ko‘chirildi: Toshkentdagi to‘satdan buzilishlar odamlarning qahrini keltirmoqda’ maqolangizni ajablanish va ranjish tuyg‘ulari bilan o‘qidim”, — deya maqolaga e’tiroz qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 2019-yilning noyabr oyida esa ochiqchasiga jurnalistlarni yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilishni boshladi.  Ortiqxo‘jayevning bu tahdidlari “Kun.uz” nashri muxbirlariga qaratilgani aniqlandi. Jamoatchilik hokim bu qilmishi uchun jazolanishini talab qilib chiqdi. Lekin “Kun.uz” nashri Ortiqxo‘jayev bilan o‘zaro yarashib olganini, ularning ishlariga chetdan aralashish bo‘lmasligi kerakligini yozdi. Bosh prokuratura ham tergovoldi tekshiruvida Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxsi bo‘la turib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan haqoratli va qo‘pol so‘zlarni ishlatganini, biroq uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmagani, real tahdid yo‘qligi bois Jahongir Ortiqxo‘jayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas deb topganini oshkor qildi. Xullas, bu — mavzu shu tarzda yakun topdi.

    Aksariyat fikrlari jamoatchilik va OAK vakillari orasida tanqidiy tus ola boshlagan Ortiqxo‘jayev kezi kelganda jurnalistlarning savollarini ochiq qoldirgan odat ham chiqardi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Keyinchalik G‘ofur G‘ulom bog‘ining investorga sotib yuborilishi bilan bog‘liq voqealar, Qo‘yliq bozorining ko‘chirilishi va shahardagi tartibsiz qurilishlardan kelib chiqayotgan e’tirozlar sabab OAV vakillari bilan matbuot anjumani tashkil qilgan hokim 3,5 yillik hokimlik faoliyati davomida davlatning bir so‘m puliga xiyonat qilmaganini bildirdi.

    Avval katta kompaniyalar rahbari bo‘lganman, yoshligimdan siyosatchi bo‘lmaganman. Mening tarixim ishlab chiqarish, tadbirkorlikka bog‘liq. Umrim bo‘yi siyosatda ishlamaganman. Homiylik masalasiga kelsak, men ham shu mamlakatning farzandiman. Bozorimiz ham, mozorimiz ham — Toshkent. 3,5 yillik faoliyatim davomida ko‘p joylarga avvalgi ishlagan kompaniyam yordam berdi, homiylik qilib keldi. Riyo degan narsa bor, savob degan narsa bor. Agar bugungi homiylikni aytmasang savobini narigi dunyoda olasan, agar aytsang riyo bo‘ladi. Agar qilgan ishlarni ochiq-oydin hammaga aytsang riyo bo‘ladi. Shuning uchun bugungacha aytmadik. Lekin bugun ko‘pchilik surishtirdi, mayli, — degandi o‘shanda Ortiqxo‘jayev.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Toshkentning sobiq hokimi aksariyat matbuot anjumanlarida poytaxtdagi qurilishlarni, saxovat tadbirlarini у faoliyat yuritgan korxonalar qilganini bot-bot takrorlaydi. Aksariyat saytlar va manbalar esa Ortiqxo‘jayev hokim sifatida faoliyat ko‘rsatgan davrda o‘ziga tegishli ekani taxmin qilinadigan korxonalarga cheksiz imkoniyatlar berganini, tendersiz qurilishlar faqat va faqat Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytiladigan korxonalarga bonus sifatida taqdim etilganini bayon qilib kelgan.

     

    Foto: Skrinshot

    Ortiqxo‘jayevning tunda sayyor qabul o‘tkazishi bilan bog‘liq voqealar ham OAVda ochiqlanib, ishchilari, xususan, o‘rinbosarlari ham bundan norozi ekani ma’lum bo‘ldi. Bunga javob bergan hokimlik matbuot xizmati doimgidek tanqidni noto‘g‘ri qabul qildi va OAV vakillarini yomonotliq qilishga urindi. Bu voqealardan so‘ng Ortiqxo‘jayev hindistonlik investorga bosim o‘tkazishda, undan 100 million dollar mablag‘ talab qilishda ayblandi. “Hokim menga 2 yo‘l qoldirdi” — dedi Minerva City tashabbuskori bo‘lgan hindistonlik investor Murali Lal Jalan “Kun.uz”ga bergan intervyusida.

    2021-yil mart oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev meni hokimlik binosiga chaqirib, shantaj yo‘li bilan qo‘pol muomala qildi. Menga ikkita ta yo‘l qoldirishdi: yo loyihalarimdan birini, masalan, Bektemir tumanida joylashgan Lake City’ni amalga oshirishdan rasman voz kechishim, yo 100 million dollarni depozit sifatida bankka joylashim kerak edi. Men hokimga kelishuvdan tashqari hech kim yangi talablar qo‘ymasligini, tadbirkor sifatida 7 yil ichida sarflanishi kerak bo‘lgan pulni kimningdir hojati uchun oldindan o‘tkazish qiyinini tushuntirdim. Ammo hokim agar o‘z xohishim bilan shu ishdan birini qilmasam, Minerva City’ni ham, qolgan barcha loyihalarim ham olib qo‘yilishini va O‘zbekistonda kun kechirishim qiyin bo‘lishini aytdi. Boshida shartnomani imzolayotganimizda, barcha kelishuvga amal qilinishi va majburiyatlar bajarilishi va’da qilgandi, endi esa hokim bu mamlakatda shartnomalar hech qanday rol o‘ynamasligini ta‘kidlamoqda, — degandi o‘shanda tadbirkor.

    Toshkent shahar Yangihayot tumanida to‘xtab qolgan qurilish / Foto: “Kun.uz”

    Bu ayblovlarga javob qaytargan poytaxt hokimligi axborot xizmati mazkur ayblovlarni davlat xizmatchisini obro‘sizlantirish deya baholadi. Keyinchalik holat huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingani, o‘rganilayotgani bildirildi. Biroq mazkur ish ayni kunda qanday jarayonda ekani noma’lumligicha qolmoqda.

    2023-yilning 16-yanvar kuni tanqidiy yig‘ilish o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevni noinsof va oyog‘i yerdan uzilgan rahbar deya tanqid qildi va uni 15-yanvar kuni tunda ishdan olganini e’lon qildi.

    Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni poytaxt qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmagani, shuningdek, shaharda noqonuniy qurilishlar ko‘paygani sababchisi deya atadi.

    Qish mavsumiga lozim tarzda tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Ortiqxo‘jayevni ishdan oldim. Kechasi shtabda men uni ishdan oldim. Quruq gap, yolg‘on hisobot bilan, pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim — dedi prezident Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi haqida gapirar ekan.

    Jurnalist Nikita Makarenkoning manbalariga tayanib yozishicha, Ortiqxo‘jayev prezident yig‘ilishidan oldin shahardan chiqib ketishga uringan. Uning qayd etishicha, sobiq hokim yig‘ilish boshlanishidan avval oilasi bilan Toshkent aeroportida shaharni tark etmoqchi bo‘lgan payti xavfsizlik xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan. Keyinchalik bu video eski video ekani ma’lum bo‘ldi.

    Alal oqibat Ortiqxo‘jayevning Toshkent shahri hokimi sifatidagi yurishi bugun shu tarzda yakuniga yetdi.

    18.01.2023, 19:40   Izoh (1)   47834
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 274656751@telegram.org / 18.01.2023, 20:02

      Bu dunyo arzimas fido bõlishga.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro va Andijonda gaz ta’minotiga noqonuniy ulanib, umumiy 300 mln so‘m zarar yetkazgan fuqarolar ushlandi

    18.01.2023, 19:10

    Toshkentda qarama-qarshi yo‘lga chiqib harakatlangan Lacetti haydovchisiga chora ko‘rildi

    18.01.2023, 18:55

    “Vaqf” fondi 2022-yilda masjid qurilishi uchun 436 mln so‘m xayriya qilgani ma’lum bo‘ldi

    18.01.2023, 18:46

    Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma muddatini uzaytirdi

    18.01.2023, 18:30

    O‘zbekistonga 2022-yilda 5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

    18.01.2023, 18:20

    Ta’til uzaytirilgani munosabati bilan Toshkentdan Urganch va Termizga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

    18.01.2023, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45

    Polshada sobiq maxsus xizmat xodimlari siyosatchilarning telefonlarini tinglashda ayblanib qamoqqa olindi

    Dunyo | 4 iyun, 22:25

    Xovos tumani sobiq hokimi Uchqun Kamolov ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:05

    Instagram: Hamdam Sobirov 230 ming dollarlik avtomobil xarid qildi, Munisa Rizayeva o‘g‘lining ismini qachon aytadi? Mo‘min Ibrohimovning reklamasi qancha?

    Shou-biznes | 4 iyun, 21:55

    Hindistonda 50 ming nodir kitobdan iborat qadimiy yer osti kutubxonasi topildi

    Dunyo | 4 iyun, 21:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.