“Manchester Siti” “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, ingliz klubi 21 yoshli futbolchini kuzatmoqda. Xvicha 2022-yil yozida “Napoli” safiga o‘tgan edi.
Joriy mavsum gruziyalik futbolchi “Napoli” safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)