Londonning “Chelsi” jamoasi maoshlar fondini pasaytirmoqchi.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, “aristokratlar”ning yangi futbolchisi Mixail Mudrik haftasiga 97 ming funt (110 ming yevro atrofida) maosh oladi.
Mudrik bilan 2030-yilga qadar shartnoma imzolangan (shuningdek, yana bir yilga uzaytirish huquqi bilan) va o‘sha vaqtga qadar futbolchi agar maoshni oshirgan holda shartnoma yangilamasa, yiliga 5 million funt (5,7 million yevro) ishlab topadi.
2022-yil yozida “Chelsi”ga o‘tgan Rahim Sterling deyarli 3 baravar ko‘p maosh oladi. Ruben Loftus-Chik va Kallum Hadson-Odoilar haftasida 150 va 120 ming funt oladi. Bu ikkala futbolchi avvalgi rahbarlar davrida ham shunday yuqori maosh olgan.
Mudrik bilan shartnoma imzolanishi, “Chelsi” xo‘jayinlari maoshlarni kamaytirish bo‘yicha uzoq muddatli reja qilishiga ishora bo‘ldi.
Izoh (0)