“Manchester Yunayted” hujumkor yarim himoyachisi Alexandro Garnacho qator top-klublar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
The Independent nashrining xabar qilishicha, argentinalik futbolchiga “Real” va “Yuventus”dan qiziqish bor. Har ikki klub futbolchining mankunianlar jamoasidagi holatini kuzatib bormoqda.
18 yoshli Garnachoning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Klub yaqin kunlarda Alexandro bilan uzoq yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolashni mo‘ljal qilgan.
Garnacho joriy mavsum “Yunayted” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.
Izoh (0)