Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir necha haftadan buyon O‘zbekistonda anomal sovuq havo kuzatilmoqda. Bunday sharoitda ko‘zlarni sovuq havodan qanday himoyalash to‘g‘risida “Daryo” muxbiri mutaxassisdan izoh oldi.

Mehruz Saidov

Mehruz Saidov
Foto: “Daryo”

Ko‘z shifokori Mehruz Saidovning maslahat berishicha, birinchi galda tashqariga, ya’ni sovuq havoga chiqqan vaqtda ko‘zni ko‘proq yumib-ochish kerak.

“Bunga sabab ko‘z yoshi ko‘zni himoya qilish xususiyatiga ega. Har bir ko‘z yoshi 5-7 soniya oralig‘ida ko‘zlarni sovuqdan asrashga yetadi. Shu bois bir daqiqada odatda ko‘z 16-20 marotaba ochib yumilsa, harorat sovuq vaqtda esa 30-35 marotabaga ochib yumish lozim”, — dedi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘zni himoya qiluvchi tusi o‘zgartirilgan ko‘zoynaklardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

“Imkon boricha sovuq havoda yuzni to‘sib turuvchi sharfdan foydalanish ham foydadan xoli emas. Shuningdek, kuniga bir mahal baliq yog‘i kapsulasidan iste’mol qilib turish ko‘zga foyda beradi”, — dedi Mehruz Saidov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi