Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya va Turkiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashib, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar, “birinchi navbatda, yaradorlar” bilan ayirboshlashlash masalasini ham muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Shuningdek, Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada mintaqaviy gaz xabini yaratish, don bitimini amalga oshirish haqida gaplashdi, hamda “Turkiya-Suriya aloqalarini normallashtirish masalalari”ni muhokama qildi.

“Vladimir Putin qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirayotgan g‘arblik homiylar ko‘magida jangovar harakatlarni kuchaytirishga umid bog‘lagan Kiyev rejimining destruktiv jihatiga e’tibor qaratdi. Kiyevning ikkiyuzlamachilik siyosatiga pravoslav Rojdestvosi davrida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilmagani misol bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Turkiya prezidenti matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, Erdo‘g‘on Putinni uning mamlakati Rossiya va Ukraina o‘rtasida “mustahkam tinchlik” o‘rnatish uchun vositachi rolini bajarishga tayyorligiga ishontirgan.

Turkiyaga, xususan, sentabrda Mariupoldagi “Azovstal” zavodi mudofaasiga qo‘mondonlik qilgan ukrainalik harbiylar keltirilgandi. Rossiya tomoni o‘shanda ayirboshlashuv doirasida, shu jumladan, Kiyev tomonidan davlatga xiyonatda ayblanuvchi “Putinning qadrdoni” Viktor Medvedchukni qo‘lga kiritgan edi.

Turkiya ishtirokida iyulda don bitimi tuzilgan, u Qora dengiz portlaridan Ukraina donini chiqarib ketish imkonini bergandi.

Oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin avval Yevroittifoqqa “Shimoliy oqim” gaz quvuri orqali yetkazib berilgan yonilg‘ini Turkiya orqali, ushbu mamlakatda gaz xabini yaratgan holda qayta yo‘naltirishni taklif qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi