Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilaridan iborat 2022-yil ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Ramziy jamoadan 7 nafar argentinalik, 4 nafar braziliyalik futbolchi joy oldi.
IFFHS talqiniga ko‘ra Janubiy Amerika—2022 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Emiliano Martines (Argentina, “Aston Villa”);
Himoyachilar: Nikolas Otamendi (Argentina, “Benfika”), Tiago Silva (Braziliya, “Chelsi”), Kristian Romero (Argentina, “Tottenhem”);
Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul (Argentina, “Atletiko”), Neymar (Braziliya, “PSJ”), Kazemiro (Braziliya, “Manchester Yunayted”), Enso Fernandes (Argentina, “Benfika”);
Hujumchilar: Vinisius Junior (Braziliya, “Real”), Xulian Alvares (Argentina, “Manchester Siti”), Lionel Messi (Argentina, “PSJ”).
Izoh (0)