Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hammaga ma’lumki, jigar o‘z-o‘zini davolovchi organdir. Biroq ushbu tabiiy filtr barcha toksinlarni muvaffaqiyatli olib tashlashi uchun unga yordam kerak. Jigar bilan bog‘liq kamchilik ko‘plab muammolarga olib keladi: metabolik buzilishlar, gormonal nomutanosiblik, xolesterin darajasining ko‘tarilishi va boshqalar. “Noviy ochag” nashri jigarni tiklashga yordam beradigan mahsulotlar nomini sanab o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Lavlagi

Zamonaviy tadqiqotlar lavlagi gepatoprotektiv xususiyatlarga ega ekanini tasdiqlaydi. Uning tarkibidagi moddalar erkin radikallarni olib tashlashga, yallig‘lanishni kamaytirishga, safro harakatiga va xolesterinni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Sarimsoq

Sarimsoq yog‘li jigar kasalligiga qarshi kurashishda yordam berishi allaqachon isbotlangan. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, u vazn ortishining oldini oladi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi.

Yog‘li baliq

Yog‘li baliqlarning barcha navlaridan haftada ikki-uch marta iste’mol qilish kerak. Baliq yog‘i jigar faoliyatini rag‘batlantirishga yordam beradi.

Suli yormasi

Suli yormasi foydali mahsulotdir. Uning tarkibida beta-glyukanlar — jigarni ichkaridan tiklaydigan, organizmdagi yog‘ miqdorini kamaytiradigan, diabetni nazorat qilish va semirishni oldini olishga yordam beradigan tabiiy polisaxaridlar mavjud. Bundan tashqari, suli hazm qilish jarayonida ishtirok etadigan sog‘lom kletchatkalar manbai hisoblanadi.

Avokado

Bu sehrli meva tarkibida monoto‘yinmagan yog‘lar mavjud bo‘lib, ular jigar shikastlanishini sekinlashtiradi va uni tiklashga yordam beradi. Avokado zararli moddalarni filtrlash va jigar hujayralarini erkin radikallardan himoya qilishga yordam beradi.

Zaytun yog‘i

Zaytun yog‘i to‘yinmagan yog‘ kislotalarni o‘z ichiga oladi, ular oksidlovchi stressni bartaraf etadi, toksinlarning tabiiy filtrini tozalaydi va jigar faoliyatini yaxshilaydi.

Yong‘oqlar

Ratsiondagi yong‘oqlar jigar faoliyatini rag‘batlantiradi. Organizm yong‘oqlarni E vitamini, rux, temir, selen, magniy, marganets va to‘yinmagan yog‘li kislotalarning yuqori miqdori uchun yaxshi ko‘radi.

Rezavorlar

Jigar uchun rezavorlar foydali hisoblanadi. Qulupnay, malina tarkibidagi moddalar jigarni tozalashga mukammal yordam beradi. Ammo oshqozon yarasi yoki gastrit bilan kasallanganlar bu rezavorlardan ehtiyot bo‘lishi kerak.

Dukkaklilar

No‘xat, loviya xolin, rux, temir, kletchatka va lesitinga boy. Dukkaklilar jigar uchun juda foydali bo‘lgan oqsillarni o‘z ichiga oladi. Salomatlik uchun ularni haftasiga ikki-uch marta iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Zarchava

Bu ziravorni barcha taomlarga qo‘shish mumkin. U kuchli gepatoprotektiv xususiyatlarga ega bo‘lgan kurkuminni o‘z ichiga oladi. Kurkumin jigarni kasalliklardan himoya qiladi, bu to‘qimalarni shikastlanishga va yallig‘lanishga chidamli qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi