Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Selin Dion butun dunyoga hayotimizda yuzaga keladigan muammolar bizni kuchliroq qilishini isbotladi. 3 farzandning beva qolgan onasi yillar davomida ko‘p narsalarni boshdan kechirdi. Ammo bugungi kunda muvaffaqiyatli ayol o‘z baxti uchun kurashishga tayyor.

U kambag‘al, ammo baxtli oilada tug‘iladi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Zamonamizning eng boy mashhurlaridan biri kambag‘al oilada tug‘ilgan. Xonandaning aka-uka va opa-singillari ko‘p bo‘lgan. “Mening alohida yotog‘im bo‘lmagan, — deb eslaydi Dion. — Bitta karavotda uch-to‘rtta bo‘lib uxlardik”.

Ammo qashshoqlikka qaramay, Dionning bolaligi yaxshi o‘tadi. Bu haqda u shunday deydi: “Ota-onam bizni sevar va doim qo‘llab-quvvatlardi. Bundan boshqa yana nima kerak?”

U o‘z muhitida emas edi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Maktabda Dion o‘zini begonadek his qilardi. U uydan chiqishni istamaganini va tishlaridan xijolat bo‘lganini tan oladi. Yulduzning aytishicha, u na yaxshi baholari bilan, na jozibali ko‘rinishi bilan maqtanolardi. Shu sababli Dion uchun tengdoshlari jamiyatiga moslashish oson bo‘lmaydi va u uyda qolishni afzal ko‘radi.

Xonanda ustozi va yagona sevgisidan ayriladi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

2016-yilda yulduz 21 yil birga yashagan sevimli turmush o‘rtog‘i Rene Anjelilni yo‘qotadi. U nafaqat xonanda hayotining mazmuni, balki uning ustozi va menejeri ham edi. 1999-yilda er-xotin birinchi marta Anjelilga saraton tashxisi qo‘yilganini bilishganida, Dion eriga yaqin bo‘lish uchun karyerasidan tanaffus qilishga qaror qiladi.

O‘limidan 6 yil o‘tib Dion marhum erini hamon sevishini tan oladi: “Menda hammasi yaxshi desam, yolg‘on gapirgan bo‘lardim. Har kuni sen haqingda o‘ylayman, chunki ovozimning aks-sadosida so‘zlaringni eshitaman, go‘yo sen yonimdasan”.

Dion ko‘plab oila a’zolarini yo‘qotadi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Xonanda ko‘plab oila a’zolarining o‘limiga chidashga majbur bo‘ladi. 2003-yilda Dionning mehribon otasi vafot etadi.

“Dada, men dunyodagi eng baxtli qizman, chunki sizdek ajoyib otam bor edi. Siz har doim mening birinchi muxlisim bo‘lib qolasiz. Men sizni yaxshi ko‘raman!”

2016-yilda, turmush o‘rtog‘ini yo‘qotganidan 2 kun o‘tgach, Dion oilasida yana bir fojiali yo‘qotish – akasi Deniel olamdan o‘tadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bundan tashqari, 2020-yilda xonandaning 92 yoshli onasi vafot etadi. Ular juda yaqin edilar, Dion doim undan o‘rnak olardi. Bu haqda u shunday deb yozgan: “Oyi, agar sizning yarmingizchalik kuchli bo‘la olsam, bu mening eng katta yutug‘im bo‘lardi”.

Ona bo‘lish oson emasdi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Dion EKU orqali homilador bo‘lgan 3 o‘g‘ilning onasi. Xonanda va uning turmush o‘rtog‘i bepushtlikni davolaydigan klinikaga borishdan oldin 6 yil davomida farzand ko‘rishga harakat qilishgan. O‘shanda Dion 33 yoshda edi.

10 yildan so‘ng qo‘shiqchi yana ona bo‘lishni xohlaydi — bu safar uch nafar egizakka. Ammo homiladorlik paytida ulardan birini yo‘qotadi: “U akalarining o‘sishiga imkon berdi”, — deydi xonanda.

Xonandaning ovozi vaqtinchalik yo‘qolgan

Foto: AdMe

Foto: AdMe

2012-yilda Dion har qanday qo‘shiqchining eng dahshatli fojiasiga duch keladi: u ovozini yo‘qotadi. Yulduz tovush paychalarini yallig‘laydigan virus bilan kasallanganidan keyin Vegasdagi konsertlarini bekor qilishga majbur bo‘ladi. U buni shunday deb tushuntiradi: “O‘tgan hafta qo‘shiq aytishga harakat qildim, lekin ovozimni mutlaqo boshqara olmadim”.

Ammo Dion ovozini yo‘qotish dunyoning oxiri emasligini tan oladi. U shunday deydi: “Mening baxtim ovozimga yoki muvaffaqiyat va qo‘shiq aytishimga bog‘liq emas. Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman. Lekin faqat shu uchun yashamayman”.

Dion uchun diqqat markazda bo‘lish oson emas

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Xonanda doimo omma e’tiborida bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi doimiy muhokama mavzusiga aylangan. Bir necha yil oldin, yulduz o‘z vazniga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini his qiladi.

“Odamlar u juda ozib ketgan, deyishadi, lekin men kasal emasman, shunchaki qattiq mehnat qilaman. Men harakat qilishni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q, men yaxshiman”.

50 yoshga to‘lganidan keyin esa yulduz o‘zining asl qiyofasini “kashf etish” va hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘z tajribasi va barcha qiyinchiliklarini yoqilg‘i sifatida ishlatganga o‘xshaydi. “50 yoshimda hayotim yangidan boshlandi — o‘zimni go‘zal va baxtli his qilyapman”. Yulduz boshqa odamlar uning fikriga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymasligini tan oladi. “Men hayotimda o‘zim qaror qabul qila oladigan davrga keldim”.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

2019-yilda xonanda g‘urur bilan shunday degandi: “Boshlash uchun hech qachon kech emas. 51 yoshimda o‘zimni karyeramning cho‘qqisiga chiqqandek his qilyapman!"

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi