Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Afrosiyob” poyezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi yana beshta reysi bekor qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, anomal sovuq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash va ularni o‘z manzillariga yetkazishda noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida ushbu yo‘nalishda 16, 17, 18, 19, 20-yanvar kunlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 5 ta reys bekor qilinadi.

Yo‘lovchilar xarid qilingan chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni esa “chipta.railway.uz” saytida qaytarishi mumkin. Chipta puli 100 foiz qiymatda qaytariladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbariyati yo‘lovchilardan mazkur vaziyatni to‘gri baholab, tushunishlarini va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Bundan avval “Afrosiyob” poyezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 13, 14, 15-yanvar kunlari  amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 3 ta reys bekor qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova