• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ortiqxo‘jayev out. Jamoatchilik nima demoqda?

    16-yanvar, dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan energiya resurslari ta’minotiga doir yig‘ilishda Toshkent shahrini 2018-yildan beri boshqarib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan olindi. Bunga sobiq hokimning qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shu paytgacha hokim o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonov esa vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Oyog‘i yerdan uzilgan

    Prezident yig‘ilishda Ortiqxo‘jayevni ishdan olish sababiga to‘xtalib, sobiq hokim faqat quruq gap, yolg‘on ma’lumot bilan bo‘lib, pastga tushmaganini aytgan.

    “Noinsofning oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim”, — degan Mirziyoyev.

    Xo‘sh, Ortiqxo‘jayevning poytaxt hokimi lavozimidan ketishi ijtimoiy tarmoqlarda qanday qarshi olindi? Jamoatchilik nima demoqda? Quyida fikr yetakchilari bo‘lgan blogerlarning Twitter, Facebook, Telegram’dagi e’tiborga molik fikrlarini ulashamiz.

    Umumiy aytganda, jamoatchilikning ushbu holatga bo‘lgan qarashlari, asosan, ikki xil. Birlari Ortiqxo‘jayevning ketganini ma’qullab, buyog‘iga shaharda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini taxmin qilayotgan bo‘lsa, boshqalari tizim tubdan isloh qilinmas ekan, hokimlar o‘zgarganidan tayinli foyda yo‘q, deb hisoblaydi. Sobiq hokim tarafdorlari esa nisbatan kamchilikni tashkil etmoqda.

    Eng yomon Toshkent

    Xususan, publitsist, mustaqil jurnalist Nikita Makarenko Jahongir Ortiqxo‘jayevni “Toshkent shahrining zamonaviy tarixidagi eng yomon rahbar” deb atagan. Uning fikricha, sobiq hokim davrida shahar rivojlanishda ancha orqaga qaytgan. Bloger, ayniqsa, betartib “snos”lar, shahar infratuzilmasidagi noto‘g‘ri qarorlar, kommunal xizmatlarning talabga javob bermasligi, korrupsiya va OAVga bo‘lgan ochiqdan ochiq nafratga e’tibor qaratgan.

    Foto: Telegram / makarenko_channel

    Foto: Telegram / makarenko_channel

    Makarenko bu surat Ortiqxo‘jayev davridagi Toshkentning adabiy ramzi bo‘lib qolishini yozgan.

    Jurnalist Muslim Mirzajonov ham sobiq hokim davridagi daraxtkushliklarga e’tibor qaratgan.

    “Shaharda ozroq bo‘sh joy yoki daraxtzor ko‘rsak, ‘Ishqilib, shu yergayam dom qurvorilmasa bo‘ldi’, degan xavotirlardan qutuladigan bo‘ldikmi, shunday qilib?!”, — deb yozadi Mirzajonov.

    O‘rniga kim kelishi ahamiyatsiz

    Iqtisodchi Botir Qobilov o‘zgarishga pessimistik yondashyapti. Uning fikricha, Ortiqxo‘jayevning o‘rniga kim kelishi unchalik ham katta ahamiyatga ega emas. Chunki baribir hokimlarni tiyib turadigan richag yo‘q.

    “U (yangi hokim — tahr.) qanday shaxs bo‘lishidan qat’i nazar, uning harakatlari va vakolatini tiyib turadigan mexanizm, javobgarlik / hisobot yo‘nalishi bo‘lmaguncha, qiziq emas”, — deydi Qobilov.

    Yana bir iqtisodchi bloger Otabek Bakirovning fikri bunday:

    “O‘rniga undan ham yomoni qo‘yiladi va Ortiqxo‘jayevni ham himoya qilaman, deb o‘ylamagandim.

    Davlat rahbari tub o‘zgarishlarni keyinga qoldirdi, deb umid qilaman”.

    Jurnalist Laziz Hamidov esa rahbarlikka o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lgan munosib kadrlarni olib kelish kerakligini aytmoqda.

    “Har bir ishidan manfaat, biznes ko‘zlamaydigan, dunyo ko‘rgan, xalqaro oliygohlarda tahsil olgan, til biladigan o‘z kasbining yaxshi mutaxassislariga lavozim beringlar, baraka topgurlar, iltimos, uning shapkasini bunga, buning shapkasini unga kiydiravermay”,— deb yozadi “Ular” loyihasi asoschisi.

    Prujina effekti

    Ayrim blogerlar Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimligidan ketgani bilan, siyosatdan ketmay qoladi, degan hadikda. Xususan, huquqshunos Bahodir Ahmedov “Ishqilib, aka (Jahongir Ortiqxo‘jayev — tahr.) bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib ketmasa bo‘ldi”, — deb yozdi.

    “Troll.uz”ning (Umid G‘ofurov) kutilmalari ham o‘xshash:

    “Yerdan uzilgan oyoqlar yuqoriroq lavozimga qarab shahdam qadam tashlasa, ajablanmayman”.

    Menga hokim yoqardi

    Sport jurnalisti Jamoliddin Bobojonovning fikricha, Ortiqxo‘jayevning tizimdan chiqmagani uning yutug‘i bo‘lgan.

    “Chestno, menga hokim yoqardi. Qing‘ir ishlari bo‘lgandir. Men bilmayman. Avvalgi hokimlarda ham bo‘lgan bu ishlar, deb o‘ylayman.

    Ortiqxo‘jayevning yutug‘i tizimdan chiqmaganida edi. O‘rniga bir kamolotchi, maddoh, byurokrat, beshikdayoq oq ko‘ylak, qora shimda yotgan davlat tizimidan kimdir kelsa kerak”, — deb yozadi u Twitter’dagi sahifasida.

    Tarmoqdagi hazillar

    Ortiqxo‘jayev — Vanga

    Facebook foydalanuvchisi Nurulloh Sharif yozgan postida Ortiqxo‘jayevni Baba Vangaga o‘xshatgan. Buning isboti esa mana bunday ekan:

    “2022-yilning avgust oyida hokim targ‘ibot yaxshi amalga oshirilsa, Toshkentga bir oyga qolmay turistlar oqib kelishini aytgandi. Shundan so‘ng shaharga rossiyalik relokantlar ko‘chib keldi.

    Ikki kun turib berishimiz kerak, degandi. Rostdan ikki kun turib, keyin ishdan bo‘shadi”.

    “Dobbi” endi ozod

    Jurnalist Xurshid Daliyev Ortiqxo‘jayev lavozimidan olinishiga “Toshkon ozod bo‘ldi”, deya munosabat bildirgan.

    “Joha aka (Jahongir Ortiqxo‘jayev — tahr.) ketishini bilib osh berganga o‘xshaydi. Tekin osh bo‘lyaptimi haliyam Toshkonda?”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

    Ortiqxo‘jayevning hayfsanlari

    2018-yilning aprel oyidan beri hokim vazifasini bajarib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev shu yilning 21-dekabr kuni rasman Toshkent shahar hokimi etib tayinlangandi. Prezident uni investorlarga tanishtirayotib, O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘zi ishonadigan tadbirkorni hokim etib tayinlaganini aytgandi.

    “Bu joriy islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan uzoq bo‘lgan, Toshkent shahrining ertangi kuni qanday bo‘lishini tasavvur qiladigan zamonaviy yigit O‘zbekistonga toza havo kirishi uchun, investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tayinlandi”, — deya ta’kidlagandi Shavkat Mirziyoyev.

    Shundan so‘ng hokim sifatidagi qariyb 5 yillik faoliyati davomida Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat rahbaridan ikki marta hayfsan qabul qilib olgan:

    • birinchisi — 2020-yil 15-iyul kuni koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun;
    • ikkinchisi — 2022-yil 8-avgust kuni daraxtkushlik avjiga chiqqan payt mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun.

    Tarmoqdagi so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayev 16-yanvar kuni ertalab, prezident yig‘ilishi boshlanmasidan avval shaharni tark etmoqchi bo‘lgan. Jurnalist Nikita Makarenkoning yozishicha, sobiq hokim oilasi bilan Toshkent aeroporti orqali shaharni tark etmoqchi bo‘lgan payt xavfsizlik xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

    16.01.2023, 15:58   Izoh (2)   42960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (2)

    Kirish
    1. 597040143@telegram.org / 17.01.2023, 16:46

      250 та ноконуний курилган иморатлар курилаетганда курилиш ва архитектура буйича 1 муовин каерга караган, хаммаси шу шахснинг кулидан утганку

      Javob berish
    2. 375688333@telegram.org / 17.01.2023, 01:15

      Qo‘shilaman

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizdagi akademik litsey qozonxonasida portlash yuz berib, ikki kishi halok bo‘ldi

    16.01.2023, 14:52

    Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident yig‘ilishidan oldin Toshkentdan chiqib ketishga uringani aytilmoqda

    16.01.2023, 14:32

    Prezident Toshkentda ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni oshib ketganini tanqid qildi

    16.01.2023, 13:55

    O‘zbekistonda 17-yanvar kuni harorat nisbatan ko‘tariladi

    16.01.2023, 13:32

    Sirdaryodagi ikki qavatli uyda gaz portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

    16.01.2023, 12:19

    Qoraqalpog‘istonda bepul taksilar paydo bo‘ldi (video)

    16.01.2023, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.