Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada 80 dan ortiq qotillik uchun umrbodga qamalgan “angarlik manyak” Mixail Popkov iltimosiga qaramay Ukrainadagi urushga yuborilmaydi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, Life.ru xabar berdi.

Foto: novyny.live

Foto: novyny.live

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, “angarlik manyak” aslida hech qayerga ketmoqchi emas, chunki u xavfsiz hayot va jurnalistlar bilan suhbat orqali pul topishdan mamnun. Popkovning urushga bormoqchiligi haqidagi bayonoti esa “o‘zini eslatish va vatanparvardek ko‘rsatish”ga qaratilgan.

Popkov yaqinda Angarskda 1996-1997-yillarda yana ikki ayolni o‘ldirganiga iqror bo‘lishi uni Ukrainadagi urushga yollanmasligi uchun asosli sabablardan biri bo‘lishini biladi. Ayni paytda u Irkutskdagi tergov izolyatoriga o‘tkazilgan, unga nisbatan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi va keyingi tergov harakatlari bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 81 nafar ayolni o‘ldirgani uchun ikki marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Mixail Popkov Ukrainadagi urushda ishtirok etmoqchiligini aytdi. U “Vesti Irkutsk” gazetasiga yozgan sharhida “armiyaga borishni orzu qilishini” aytgan. Shu bilan birga, Popkov qishda sovuqda urushga borishni xohlamasligini bildirgan. U urushda qatnashish uchun kerakli bo‘lgan ko‘nikmalarni tez o‘rganishini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi