Polshalik hakam Shimon Marchinyak Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2022-yilning eng yaxshi hakami deb topildi.
JCH—2022 finalidan o‘rin olgan Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib borgan hakam 150 ochko to‘plagan.
Ikkinchi o‘rindan italiyalik Daniele Orsato (65 ochko) joy olgan bo‘lsa, fransuz Klemen Tyurpen (40) kuchli uchlikka yakun yasagan. Maykl Oliver (Angliya) va Viktor Gomes (JAR) top-5 likdan joy olgan.
Top-10 lik bilan tanishing:
- Shimon Marchinyak (Polsha) — 150 ochko
- Daniele Orsato (Italiya) — 65
- Klemen Tyurpen (Fransiya) — 40
- Maykl Oliver (Angliya) — 35
- Viktor Gomes (JAR) — 25
- Slavko Vinchich (Sloveniya) — 20
- Denni Makkeli (Niderlandiya) — 15
- Entoni Teylor (Angliya) — 15
- Patrisio Lustau (Argentina) — 10
- Sezar Ramos (Meksika) — 10
- IFFHS talqiniga ko‘ra 2022-yilning eng yaxshi klub va terma jamoa murabbiylari aniqlandi
- Lionel Messi 2022-yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi
- Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 2022-yilning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi
- Kurtua, Martines, Lyoris. 2022-yilning eng yaxshi darvozabonlari aniqlandi
- Messi yetakchi, Mbappe — 2, Shomurodov esa 8-o‘rinda. 2022-yil xalqaro maydonda eng ko‘p gol urgan futbolchilar
Izoh (0)