Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/8 finalida “Milan” 11-yanvar, chorshanba kuni “Torino”ni mehmon qildi.
O‘yinning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Qayd etib o‘tish joiz, 70-daqiqada “Torino” a’zosi Koffi Jiji qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va qolgan daqiqalarda turinliklar bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa milanliklar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, 114-daqiqada Mishel Adopo gol urdi.
Shu tariqa milanliklar kubok bilan xayrlashdi.
Italiya Kubogi
1/8 final bahsi
11-yanvar, chorshanba
“Milan” – “Torino” 0:1
Gol: 0:1 — 114 Adopo“Milan”: Teterushanu, Tomori, Gabbiya (Ernandes, 77), Kalulu, Dest (Kalabriya, 111), Salemakers (Rafael Leau, 67), Braim Dias (Messias, 67), Pobega (Jiru, 77), Tonali, Vranks (Bennaser, 83), de Ketelare.
“Torino”: Milinkovich-Savich, Singo (Bayeye, 111), Jiji, Sxyurs, Buonjorno, Rodriges (Linetti, 81), Miranchuk (Sek, 90), Vlashich (Voyvoda, 81), Lukich, Richchi (Adopo, 90), Sanabriya (Zima, 71).
Ogohalntirishlar: Jiji (14), Milinkovich-Savich (90), Linetti (109).
Chetlatish: Jiji (70).
Izoh (0)